Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

Allohdan mag’firat so’ranglar, albatta, U o’ta mag’firatli bo’lgan 
zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur) 
(Nuh surasi, 10 
– 11), oyatlari o’qiladi. 
Umar (r.a.) agar yomg’ir so’rasalar, duolarining aksari istig’for bo’lar edi. 
 
136-bob. Qattiq shamol bo’lganda aytiladigan zikrlar
454/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo’lsa, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu 
bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. 
(Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan 
narsaning yaxshisini so’rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi 
yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so’rayman.) Imom 
Muslim rivoyatlari 
455/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga 
yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
124
essa, uni so’kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so’rab, yomonidan panoh tilanglar», 
dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 
456/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmon 
ufqida to’plangan bulutni ko’rsalar, qilib turgan ishlarini to’xtatardilar, agar namozda 
bo’lsalar:
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharriha» (Ey Rabbim, Sening noming ila uning 
yomonligidan panoh tilayman), deb aytardilar. Agar yomg’ir yog’sa:
«Allohumma sayyiban haniy`an» (Ey Rabbim, shaldirab oquvchi yoqimli yomg’ir 
yog’dir), deb aytardilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 
457/4. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Shamolni so’kmanglar, agar biror karih narsani ko’rsanglar:
«Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot 
bihi va na’uzu bika min sharri hazixir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», 
deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi 
yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so’rayman. Va Sendan, 
shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan 
panoh so’rayman.) Termiziy rivoyatlari 
458/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar shamol kuchaysa:
«Allohumma laqhan la aqiyman», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, bulutni suvlik qil, 
suvsiz qilib qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
459/6. Anas ibn Molik va Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror katta ish sodir bo’lsa yoki qattiq shamol essa, 
ko’p takbir aytinglar, chunki u qora tutunni uzoqlashtiradi», dedilar. Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
460/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom agar shamol essa 
tizzalarini yerga qo’yib:
«Allohummaj’alha rohmatan va la taj’alha ‘azaba. Allohummaj’alha riyahan va la taj’alha 
riyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, uni rahmat ayla, azob qilma. Allohim, uning 
osoyishtaligidan qil, kuchliligidan qilma.) Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat 
qilganlar. 
Alloh taolo kitobida aytadi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin