«Biz ularning ustiga davomli nahs kunida bir dahshatli bo’ronni yubordik»
(Qamar surasi, 19-oyat);
«Biz ularning ustiga tug’mas (foydasi yo’q) bo’ronni yuborgan edik»
(Vaz-
zoriyot surasi, 41-oyat);
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
«Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo’lgan hollarida yubordik»
(Hijr
surasi, 22-oyat);
«(Allohning qudrati ilohiyiga dalolat qiladigan) oyatlaridan (biri) – (yomg’ir
haqida) xushxabar olib keluvchi shamollarni yuborishidir»
(Rum surasi, 46-oyat).
461/8. Imom Shofe’iy aytadilar: «Bir kishi Rasululloh alayhissalomga kambag’alligidan
shikoyat qilganida, u zot: «Sen shamolni so’kkansan, shekilli» dedilar».
Imom Shofe’iy bu hadis sharhida: «Biror kishi shamolni so’kishi joiz emas. Chunki ular
Allohga itoat qiluvchi maxluq va askarlarning biridir. Uni xohlasa, rahmatga aylantirishi,
yana xohlasa, o’ch qilishi mumkin», deganlar.
137-bob. Yulduz uchganda aytiladigan zikrlar
462/1. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va:
«Ma sha`allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik». (Ma’nosi: Alloh nimani
xohlasa, bo’ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
138-bob. Yulduz va chaqmoqga qarab ishora qilmaslik xususida
Urva ibn Zubayr (r.a.) aytadilar: «Agar birortangiz chaqmoq yoki yomg’irni ko’rsa, unga
ishora qilmasin, balki uni sifatlasin». Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat
qilganlar va: «Hali ham arablar ishora qilishni karih ko’rishadi», deganlar.
139-bob. Momaqaldiroq ovozini eshitganda aytiladigan zikrlar
463/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar
momaqaldiroq va gumburlagan chaqmoq ovozini eshitsalar:
«Allohumma la taqtulna big’ozobika va la tuhlikna bi’azabika va ‘afina qobla zalika», deb
aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, g’azabing bilan bizni o’ldirma, azobing bilan halok
qilma va ana shundan (ya’ni, jonimizni olishingdan) oldin bizni ofiyatda qil). Imom
Termiziy zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
464/2. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) momaqaldiroq gumburlaganini eshitsalar, gapdan
to’xtab:
«Subhanalziy yusabbihur ro’du bihamdihi val malaikatu min xiyfatih», deb aytar edilar.
(Ma’nosi: Allohni poklab yod etaman. Momaqaldiroq Allohga hamd aytish bilan tasbih
aytur. Farishtalar ham undan qo’rqib tasbih aytur.) Imom Molik «Muvatto’» kitobida
sahih isnod ila rivoyat qilganlar.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
126
466/2. Rasululloh (s.a.v): «Duolar ijobatini askarlar dushmanga yo’liqqanda, namozga
turilganda va yomg’ir yog’ayotganda talab qilinglar», dedilar. Imom Shofe’iy «Al-umm»
kitoblarida mursal holda rivoyat qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |