Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
127
144-bob. Hojat namozidagi zikrlar
469/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim Alloh taologa yoki odam bolalaridan birortasiga hojati bo’lsa,
chiroyli
tahorat olib, ikki rak’at namoz o’qisin va Allohga sano, Rasulullohga salovot aytib, so’ng
ushbu duoni o’qisin:
«La ilaha illallohul haliymul kariym. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi
robbil ‘alamiyn. As`aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag’firotika val g’oniymata min
kulli birrin,
vassalamata min kulli ismin, la tada’ liy zanban illa g’ofartahu va la hamman
illa farrojtahu va la hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn».
(Ma’nosi: Halim va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Allohni
poklab yod etaman. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. Rahmatingga mustahiq
bo’ladigan narsani, mag’firatingni
vojib qiladigan narsani, har bir yaxshilikda g’animatni
va har bir gunohdan salomat bo’lishni so’rayman. Menda biror gunoh qoldirmasdan
mag’firat qilishingni, biror g’am qoldirmasdan ochib yuborishingni va o’zing rozi
bo’ladigan biror hojat qoldirmasdan ravo qilishingni so’rayman, ey rahm qilguvchilarni
Rahmlisi.) Imom Termiziy va
Ibn Moja rivoyatlari
470/2. Usmon ibn Hunayf (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ko’zi ojiz bir kishi Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Alloh menga ofiyat-sihat berishini so’rab
duo qilsangiz», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xohlasang duo
qilaman, xohlasang sabr qil, ana shu sabr qilishing sen uchun yaxshidir», dedilar. Haligi
kishi duo qilishlarini so’radi, Nabiy alayhissalom
unga chiroyli tahorat olishni, so’ng
ushbu duoni aytishni buyurdilar:
«Allohumma inniy as`aluka va atavajjahu ilayka binabiyyika Muhammadin nabiyyir
rohmati sollallohu alayhi vasallam, ya Muhammadu, inniy tavajjahtu
bika ila robbiy fiy
hajatiy hazihi lituqzo liy. Allohumma fashaffi’hu fiyya». (Ma’nosi: Allohim, men
payg’ambaring Muhammad alayhissalom bilan Senga yuzlanib, Sendan so’rayman. Ey
Muhammad alayhissalom, men bu hojatim ravo bo’lishi uchun siz bilan Rabbimga
yuzlandim.
Ey Rabbim, ana shunda u kishini menga shafoatchi qil.) Termiziy va Ibn
Mojalar rivoyati
Dostları ilə paylaş: