Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
128
marta aytadi. Ikkinchi sajdada yana o’n marta ana shu kalimalarni aytadi. Mana
shunday qilib, to’rt rak’at o’qiydi. Bular har ra’katda yetmish beshtadan bo’lib to’rt
rak’atda uch yuzta bo’ladi», dedilar».
471/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbosga
(r.a.): «Ey amaki, men sizga qarindoshlik qilmaymi, sizni yaxshi ko’rmaynmi, sizga
manfaat bermaymi?» deganlarida, Abbos (r.a.): «Albatta, bularning hammasini qiling,
ey Rasululloh», deb javob qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda
to’rt rak’at namoz o’qing va har bir rak’atida Fotiha bilan zam surani o’qing. Agar
qiroatni tugatsangiz, ruku’dan oldin «Allohu akbar valhamdu lillahi va subhanallohi», deb
o’n besh marta ayting, so’ng ruku’ qilib, u kalimani o’n marta ayting. Ruku’dan
boshingizni ko’tarib, yana o’n marta ayting, so’ng sajda qilib, tag’in o’n marta ayting.
Sajdadan boshingizni ko’targaningizda turishdan oldin ham o’n marta ayting. (Ikkinchi
sajdada ham o’n marta aytiladi.) Ana shunda har rak’atda yetmish beshta bo’ladi. To’rt
rak’atda uch yuzta bo’ladi. Agar gunohingiz zich qum zarralari sonicha bo’lsa ham, Alloh
taolo kechirib yuboradi», dedilar. Abbos (r.a.): «Ey Rasululloh, bir kunda bularni
aytishga kim qodir bo’la olardi?» deb so’radilar. Rasululloh: «Agar bir kunda qodir
bo’lmasangiz, har juma kuni ado eting. Har juma ado etolmasangiz, har oyda ado eting.
Mana shundoq aytishda davom etib, uni bir yilda bir marta bo’lsa ham, ado eting»,
dedilar. Imom Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy buni g’arib xadis deb aytganlar.
Dostları ilə paylaş: