Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
RO’ZA ZIKRLARI KITOBI
147-bob. Oyni yangi chiqqanda yoki keyin ko’rganda aytiladigan zikrlar
473/1. Talha ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yangi chiqqan oyni ko’rsalar:
«Allohumma ahillahu ‘alayna bilyumni val iymani vassalamati val islam. Robbiy va
Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, bizga bu oyni barakotli, iymon,
salomatlik va islom oyi qil. (Ey hilol!)
Mening rabbim ham, seni rabbing ham Allohdir.)
Doramiy va Termiziy rivoyatlari
474/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi
chiqqan oyni ko’rsalar:
«Allohu akbar, Allohumma ahillahu ‘alayna bil amni val iymani vassalamatu val islami
vattavfiqi lima tuhibbu va tarzo. Robbuna va Robbukalloh», deb aytardilar. (Ma’nosi:
Alloh ulug’dir,
ey Rabbim, bizga bu oyni omonlik, iymon, salomatlik, islom, tavfiq, O’zing
yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan oy qil. (Ey hilol!) Mening rabbim ham,
seni rabbing
ham Allohdir.) Doramiy rivoyatlari
475/3. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yangi
oyni ko’rsalar:
«Hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin, hilalu xoyrin va rushdin. Amantu
billahillaziy xolaqoka»,
deb uch marta aytar, so’ngra:
«Alhamdu lillahillaziy zahaba bishshahri kaza va ja`a bishshahri kaza», der edilar.
(Ma’nosi: Yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi, yaxshilik va hidoyat oyi. Seni
xalq qilgan Allohga iymon keltirdim. U oyni ketkazib, bu
oyni keltirgan Allohga hamd
bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: