www.ziyouz.com kutubxonasi
13
14/14. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlarning har bitta a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz – sadaqa, har bir
tahmidingiz – sadaqa, har bir tahlilingiz – sadaqa, har bir takbiringiz – sadaqa,
yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning
hammasi uchun ikki rak’at zuho namozi o’qishingiz kifoyadir», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari
15/15. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
menga: «Jannat xazinalaridan birini senga aytaymi?» dedilar. Men: «Ha, ayting, ey
Rasululloh», dedim. Shunda Rasululloh:
«La havla va la quvvata illa billah»ni ayt, u jannat xazinalaridandir», dedilar». Imom
Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari
16/16. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot Rasululloh alayhissalom
bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda) toshlar bor edi.
Ayol ana shularni sanab, tasbih aytardi. Rasululloh unga: «Bundan yengilroq va afzalroq
narsani aytaymi?
«Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va
subhanallohi ‘adada ma bayna zalika va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt»,
dedilar. (Ma’nosi: Osmonda yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda
yaratgan narsalari adadicha Allohni poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha
Allohni poklayman va U yaratadigan narsalari adadicha Allohni poklayman.)
«Allohu akbar», «alhamdu lillah», «la ilaha illalloh», «la havla va la quvvata illa billah»
kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada
ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy
va Abu Dovud rivoyatlari
17/17. Yusayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takbir, tahlil,
taqdisga rioya qilgan holda aytib yurishga buyurib, barmoq bilan ado etishni tavsiya etar
edilar. Chunki barmoqlar so’ralib nutq qildiriladi». Imom Termiziy va Abu Dovud
rivoyatlari
18/18. Abdulloh ibn Umar (r.a.): «Rasulullohning o’ng qo’llari bilan sanab tasbih
aytayotganlarini ko’rdim», deydilar. Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari
19/19. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim:
«Roziytu billahi robban va bil islami diynan va bimuhammadin sollallohu alayhi
vasallama rosula», desa, unga jannat vojib bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohni rabbim
deb, Islomni dinim deb, Muhammad alayhissalomni rasul deb rozi bo’ldim.) Abu Dovud
rivoyat qilganlar
20/20. Abdulloh ibn Busr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom
shari’ati menga ko’payib ketdi. Menga bir narsa o’rgatingki, ana shuni mahkam ushlay»,