Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Oyni ko’rganda aytiladigan duolar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

Oyni ko’rganda aytiladigan duolar
476/4. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oy 
chiqqanida, mening qo’limdan ushlab: «Zulmatga cho’mgan kechaning yomonligidan 
Allohdan panoh so’ra», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 
477/5. Zayyod Nomiyriy (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rajab oyi kelsa, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma barik lana fiy rajab va sha’bana va ballig’na romazona», deb aytardilar», 
deyiladi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bizga rajab va sha’bon oyida baraka ato ayla va bizni 
ramazonga yetkaz.) «Hulyatul avliyo»da zaif isnod ila rivoyat qilingan 
148-bob. Ro’zada aytiladigan mustahab zikrlar


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
130
478/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ro’za shahvatlardan to’suvchidir, agar birortangiz ro’za tutadigan bo’lsa, noloyiq 
so’zlarni aytib, johillik qilmasin, biror kishi urushib yoki so’kadigan bo’lsa, men 
ro’zadorman, deb ikki marta aytsin», dedilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 
479/2. Yana Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Uch toifa kishining duosi rad etilmaydi. Ular: Ro’zadorning og’zini ochgunicha 
qilgan duosi, odil imomning duosi, mazlumning duosi». Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 
 
149-bob. Iftor paytida aytiladigan duolar
480/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
og’izlarini ochsalar: «Zahaba az-zamau vabtallatil uruqu va sabatal ajru inshaallohu 
ta’ala», deb aytardilar». (Ma’nosi: Chanqoqlik ketib, tomirlar ho’llanib, Xudo xohlasa, ajr 
sobit bo’ldi.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
481/2. Muoz ibn Zuhra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor 
qilsalar:
«Allohumma laka sumtu va ‘ala rizqika aftortu», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, Sen 
uchun ro’za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim.) Abu Dovud mursal holatda 
rivoyat qilganlar. 
482/3. Muoz ibn Zuhradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
agar iftor qilsalar:
«Alhamdu lillahillaziy a’ananiy fasumtu va rozaqoniy faaftortu», deb aytardilar. (Ma’nosi: 
Allohga hamd bo’lsin. U menga yordam berdi, ro’za tutdim, menga rizq berdi, iftor 
qildim.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
483/4. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam iftor qilsalar:
«Allohumma laka sumna va ‘ala rizqika aftorna, fataqobbal minna innaka antas sami’ul 
‘aliym», deb aytardilar». (Ma’nosi: Ey Rabbimiz, Sen uchun ro’za tutdik va Sen bergan 
rizq bilan iftor qildik. Bizdan qabul et. Albatta, Sen bilguvchi va eshitguvchi zotsan.) Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
484/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ro’zadorning iftor paytida qilgan duosi rad qilinmaydi», dedilar. 
Ibn Abu Mulayka: «Abdulloh ibn Amr iftor qilsalar:
«Allohumma inniy as`aluka birohmatika allatiy vasi’at kulla shay`in an tag’firo liy», deb 
aytardilar», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, har bir narsada keng qilib qo’ygan rahmatingni 
so’rayman, meni mag’firat ayla.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlar 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin