www.ziyouz.com kutubxonasi
135
va qonni’niy bima rozaqtaniy va barik liy fiyhi. Allohummaj’alniy min akromi vafdika
‘alayka va alzimniy sabiylal istiqomati hatta alqoka ya robbal ‘alamiyn». So’ng xohlasa,
o’zi yaxshi ko’rgan boshqa duolarni ham o’qiydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd
bo’lsin, ana shu hamd ila ne’matlaringni to’la-to’kis qilib, ziyodaliging ila mukofotla. Men
bilgan va bilmagan ne’matlaringning hammasiga men bilgan va bilmagan hamd aytish
lozim bo’lgan narsalarning bariga har bir holatda hamd aytaman. Ey Rabbim,
Muhammad alayhissalomga va u kishining oilalariga salovotlar bo’lsin. Ey Rabbim, meni
la’natlangan shaytondan asra. Har bir yomonlikdan saqla. Rizq qilib bergan narsangda
meni qanoatli et, uni menga barakotli qil. Ey Rabbim, meni O’zingga mehmon bo’lib
kelganlarning eng hurmatlisi qil. Ey olamlar Rabbi, Senga yo’liqqunimcha meni to’g’ri
yo’lda mustahkam qil, istiqomat yo’lida mustahkam ayla.)
Fasl. Ka’bani shimol tarafidagi «hijr»da, ya’ni meyzob ostida ham duolar ijobat bo’ladi.
U yerda quyidagi ma’sur duo o’qiladi:
«Ya Robbi, ataytuka min shuqqatin ba’iydatin muammilan ma’rufaka faanilniy ma’rufan
min ma’rufika tug’niniy bihi ‘an ma’rufi man sivaka ya ma’rufan bilma’rufi». (Ma’nosi: Ey
Rabbim, Sening yaxshiliklaring umidida uzoq maskanlardan keldim. Yaxshiliklaringga
meni yetkaz. O’zingdan boshqalarning yaxshiligidan meni behojat qil, ey yaxshilik
qiluvchilarni Yaxshisi.)
Fasl. Ka’bada qilinadigan duolar 488/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Ka’baga kirsalar, yuzlari va chakkalarini unga qo’yar, so’ng Allohga hamdu sano aytib,
so’raydigan narsalarini so’rar va istig’for aytar edilar. So’ngra Ka’baning har bir
ustunlariga borib, Allohga takbir, tahlil, tasbih, sano, iltijo, istig’for aytardilar. Keyin
chiqib ketardilar. Imom Nasoiy rivoyatlari
Fasl. Safo va Marva o’rtasidagi sa’yda ham duo qilinsa, ijobat bo’ladi. Sa’yda «Innas
safa val marvata min sha`a’irillahi, ibdau bima badaallohu bihi», deb o’qiydi. Safoda
uzoq turib, Ka’baga yuzlangan holda, takbir aytadi, so’ng ushbu duoni o’qiydi:
«Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd, Allohu akbar ‘ala ma hadana
valhamdu lillahi ‘ala ma avlana la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va
lahul hamdu yo’hyiy va yo’miytu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La
ilaha illallohu anjaza va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu la ilaha
illallohu va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun,
Allohumma innaka qulta: Ud’uniy astajib lakum va innaka la tuxliful miy’ad va inniy
as`aluka kama hadaytaniy lil islam an la tanzi’ahu minniy hatta tatavaffaniy va ana
muslim». (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Allohga hamd bo’lsin.
Bizni hidoyatga boshlagan Alloh ulug’dir. Bizni valiy - do’st qilgan Allohga hamd bo’lsin.
Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Uni sherigi ham yo’q. Mulk va hamd Unikidir. U
o’ldiradi va tiriltiradi. Yaxshilik Uning qo’lida. U har bir narsaga qodirdir. Allohdan boshqa
iloh yo’q. U va’dasini bajardi, qulini g’olib etdi, guruhlarni yolg’iz O’zi mag’lub qildi.
Allohdan boshqa iloh yo’q. Ungagina ibodat qilamiz. Uning dinigagina ixlos qilamiz,
garchi kofirlar xushlamasalar ham. Ey Rabbim, «Menga duo qilinglar ijobat qilaman»,
degan eding. Albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan. Meni Islomga hidoyat