www.ziyouz.com kutubxonasi
137
meni yetkaz, gunohlarimni kechir, toat ahlingga bergan narsangni menga ham ber.
Albatta, Sen har narsaga qodir zotsan.)
Minodan Arofatga ketayotganda, ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ilayka tavajjahtu va vajhakal kariyma arodtu faj’al zanbiy mag’furon va
hajjiy mabruron varhamniy va la tuxayyibniy innaka ‘ala kulli shay`in qodiyr». (Ma’nosi:
Ey Allohim, Senga yuzlandim, mukarram yuzingni iroda qildim. Gunohlarimni mag’firat,
hajimni qabul qil. Menga rahm ayla, noumid qilma, albatta, Sen har narsaga qodir
zotsan.)
Bu duodan tashqari talbiya, Qur’on tilovati va boshqa duo-zikrlar bilan ham mashg’ul
bo’ladi. Shuningdek:
«Allohumma atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»ni
aytadi.
Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Duolarning eng yaxshisi arafa
kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala
kulli shay`in qodiyr»dir».
Arafotda zikr va duolar ko’paytiriladi. Chunki bu kun yilning duo qilish uchun eng yaxshi
fursatidir, hajning eng ulug’ amali, maqsadi va e’timod qilinganidir. Shundoq ulug’ kunda
banda zikr, duo, Qur’on tilovatiga o’zi, ota-onasi, qarindoshlari, do’stu birodarlari va
jamiki musulmonlar haqqiga duo qilishga bor kuch-quvvatini sarf etadi, ulug’ kunning
buyuk imkoniyatlaridan bebahra qolib, vaqtini behuda o’tkazishdan o’zini saqlaydi. U
kunda duolar saj’ -- qofiya bilan aytilmaydi. Chunki saj’ qalbdan xushu’ va xuzu’ni, o’zni
xor tutish kabi narsalarni ketkazadi. Lekin yodlangan duolar qofiyali bo’lsa, zarari yo’q.
Duo qilayotganda ovozini pasaytirib aytish sunnatdir. Yana shu kunda chin qalbdan
istig’for aytiladi, tavba qilinadi. Duolar takror-takror aytilaveradi. Duolar Allohga hamdu
sano va Rasululohga salovot va salom aytish bilan tugatiladi. Duo qilayotganda, albatta,
tahoratli bo’lib, qiblaga yuzlangan holda turiladi.
489/2. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arafa kuni o’sha
joyda:
«Allohumma lakal hamdu kallaziy naqulu va xoyron mimma naqulu, Allohumma laka
solati va nusukiy va mahyaya va mamatiy va ilayka maaliy va laka robbi turosiy,
Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va vasvasatis sodri va shattotil amri,
Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma tajiy’u bihirriyhu», deb ko’p aytar edilar».
(Ma’nosi: Allohim, aytgan narsalarimizda va aytgan narsalarimizning yaxshisida Senga
hamd bo’lsin. Ey Rabbim, namozim, hajim, hayotu mamotim Sen uchundir. Oqibatim va
merosim ham Sengadir. Ey Rabbim, Sendan qabr azobidan, qalb vasvasasidan va ishlar
har turlik bo’lib ketishidan panoh tilayman. Allohim, Sendan noming ila shamol olib