www.ziyouz.com kutubxonasi
138
keladigan yomonlikdan ham panoh so’rayman.) Imom Termiziy rivoyatlari
Arafa kuni hojilar Payg’ambarimiz aytgan ushbu duoni ko’p takrorlaydi, orada talbiya va
boshqa duolarni ham aytadi, bunda ham ixtiyor qilingan duo «Robbana atina fid dunya
hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»dir.
Shuningdek, ushbu duolarni ham o’qiydi:
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va innahu la yag’firuz zunuba illa anta
fag’firliy mag’firotan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Ey
Rabbim, men o’z nafsimga ko’p zulm qildim. Albatta, sen gunohlarni mag’firat qilasan.
Mening gunohlarimni huzuringda kechir, menga rahm qil, albatta, Sen kechiruvchi,
rahmli zotsan.)
«Allohummag’firliy mag’firotan tuslih biha sha`niy fiddaroyni varhamniy rohmatan
as’adu biha fiddaroyni va tub ‘alayya tavbatan nasuxan la ankusuha abadan. Va alzimniy
sabiylal istiqomati la aziyg’u ‘anha abadan». (Ma’nosi: Ey Rabbim! Meni mag’firat
qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda sha’nim isloh bo’lsin. Menga rahm qilginki, ana shu
bilan ikki dunyoda baxtli bo’lay. Menga nasux tavbasi ila tavbalanishni nasib etginki,
abadiy u tavbani buzmay. Va meni to’g’ri yo’lda bo’lishni mustahkam et, abadiy undan
og’may.)
«Allohumma unqulniy min zullil ma’siyah ila ‘izzit to’ah va ag’niy bihalalika ‘an haromika
va bito’atika ‘an ma’siyatika va bifazlika ‘amman sivaka» (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunoh
xorligidan toatning izzatiga ko’chir. Haloling bilan haromdan, fazling bilan O’zingdan
boshqalardan behojat qil.)
«Va navvir qolbiy va qobriy va a’izniy minash sharri kullihi vajma’liyal xoyro kullahu»
(Ma’nosi: Qalbim va qabrimni nurlantir, yomonlikning hammasidan saqla va menda
barcha yaxshiliklar jamla.)
Fasl. Arafotdan Muzdalifaga ketayotganda, talbiya aytib, Qur’on tilovati va duolarni
ko’paytirib, «La ilaha illallohu vallohu akbar»ni takrorlab boradi. Quyidagi duoni ham
o’qiydi:
«Ilayka Allohumma arg’abu va iyyaka arju, fataqobbal nusukiy va vaffiqniy varzuqniy
fiyhi minal xoyri aksaro ma atlubu va la tuhayyibniy innaka antallohul javadul kariym».
(Ma’nosi: Ey Allohim, Senga rag’bat etaman, Sendan umid qilaman, hajimni qabul ayla,
uni muvofiq qil. Meni talab qilganimdan ham ko’proq yaxshiliklar ila rizqlantir. Noumid
qilma, albatta, Sen saxiy va qo’li ochiq Allohsan.)
Mana shu kecha hayit kechasidir. Hayit kunidagi zikrlar va kechani qoim bo’lib o’tkazish
fazli haqida yuqorida aytildi. Bu kecha bilan birga, u makon ham sharaflidir.