Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
esangiz-da, haq yo’lga hidoyat qilgani kabi, sizlar ham u Zotni eslang, zikr
qiling»
, deb buyuradi.
Yuqorida aytganimizdek, Muzdalifada zikr, talbiya, Qur’on tilovati
bilan mashg’ul bo’lib, quyidagi duoni ham o’qiydi:
«Allohumma inniy as`aluka an tarzuqoniy fiy hazal makani, javami’al
xoyri kullihi va an
tusliha sha`niy kullahu va an tasrifa ‘anniy ash sharro kullahu fainnahu la yaf’alu zalika
g’oyruka va la yajudu bihi illa anta». (Ma’nosi: Ey Allohim,
mana shu makonda meni
hamma yaxshiliklar bilan rizqlantirishingni, butun sha’nimni isloh etishingni va mendan
yomonlikning barchasini daf qilishingni so’rayman. Chunki
Sendan boshqa buni qila
olmaydi. Va Sendan boshqa kishi saxiylik qila olmaydi.)
Ana shu kuni bomdod namozini avval vaqtida o’qiydi. Takbir aytib, Mash’arul harom
tomon yuradi. U Muzdalifa oxiridagi kichik bir tog’ bo’lib, «Quzax» deb nomlanadi. Agar
unga ko’tarilish
imkonini topsa, ko’tariladi. Ko’tarilishning imkoni bo’lmasa, uning ostida
qiblaga yuzlanib,
Allohga hamd, takbir, tahlil, tasbih aytib, duo va talbiyani ham
ko’paytiradi. Shu yerda quyidagi duoni o’qish mustahab:
«Allohumma kama vaqoftana fiyhi va aroytana iyyahu
favaffiqna lizikrika kama
hadaytana vag’firlana varhamna kama va’adtana biqovlika va qovlukal haqqu».
(Ma’nosi: Ey Rabbim, u yerda turg’izganingdek, uni bizga ko’rsat, zikringga muvofiq
qilganingdek, hidoyat et. O’z so’zingda va’da qilganingdek,
rahm etib, bizni mag’firat qil
va Sening ushbu so’zing haqdir:
«Faiza afaztum min ‘arafotin fazkurulloha ‘indal mash’aril haromi vazkuruvhu kama
hadakum va in kuntum min qoblihi laminaz-zolliyna summa afiyzuv min haysu afazon
nasu vastag’firulloha innalloha g’afurur rohiym».
Dostları ilə paylaş: