Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
Fasl. Qurbonlik kuni Minoda aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar.
Mash’arul haromdan Minoga qaytib kelinsa, quyidagi duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy ballag’oniyha saliman mu’afan,
Allohumma hazihi Mina qod
ataytuha va ana ‘abduka va fiy qobzotika as`aluka an tamunna ‘alayya bima mananta
bihi ‘ala avliyaika, Allohumma inniy a’uzu bika minal hirmani val musiybati fiy diyniy ya
arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Bu yerga salomatlik va ofiyatda
yetkazgan Allohga hamd
bo’lsin. Ey Rabbim, mana shu Minoga keldim, men Sening qulingman, Sening
qabzingdaman, avliyolaringga ato qilgan narsangdan
menga ham ato qilishingni
so’rayman. Ey Rabbim, mahrumlikdan va dinimda musibat bo’lishidan Sening noming ila
panoh tilayman, ey rahm qiluvchilarni Rahmlisi.)
Jamratul
aqabaga kelib, tosh otishga kirishsa, talbiya aytishni to’xtatadi. Takbir bilan
mashg’ul bo’lib, har toshni otganda takbir aytadi. U yerda duo uchun vaqf qilib
turmaydi. Agar qurbonlikka hayvoni bo’lsa, so’yadi. Hayvonni so’yayotganda:
«Bismillahi vallohu akbar. Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala
alihi vasallim,
Allohumma minka va ilayka taqobbal minniy», deb atadi. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan.
Alloh ulug’dir. Yo Rabbim, Muhammadga va u zotning oilasiga salovot va salom yo’lla.
Yo Rabbim, mana shu qurbonlik Sendandir. Uni Sen uchun so’yyapman, mendan qabul
et.)
Dostları ilə paylaş: