Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
141
Zamzam suvini ichayotib, ulug’ maqsadlarni ko’zlash ulamo va solih kishilarga xos ishdir.
Ba’zi ulamolar, Zamzam ichayotganda gunohlari mag’firat bo’lishini
va kasaldan shifo
topishini so’rab ichish hamda quyidagi duolarni o’qish mustahabdir, deyishgan:
«Allohumma va inniy ashrabuhu litag’firo liy va litaf’ala biy kaza-kaza fag’fir liy»
«Allohumma inniy ashrobuhu mustashfiyan bihi fashfiniy». (Ma’nosi: Allohim, bildimki,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shunga
bo’ladi», deb aytganlar. Allohim, bu suvni men gunohlarim mag’firat bo’lishi va mana
shu-mana shular bo’lishi uchun ichyapman. Allohim, meni mag’firat qil yoki mundoq qil.
Allohim, u suv shifo bo’lishini
niyat qilib ichyapman, menga shifo ber).
Ibn Abbos (r.a.) agar Zamzam suvini ichsalar: «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an
va rizqon vasi’an va shifaan min kulli dain», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, men
Sendan foydali ilm, keng rizq va har dardga shifo berishingni so’rayman.) Imom Hakim
rivoyatlari
Fasl.
Vataniga qaytishdan oldin, vidolashuv tavofini qilgandan so’ng quyidagi duo
o’qiladi:
«Allohumma, al-baytu baytuka val’abdu ‘abduka vabnu ‘abdika vabnu amatika
hamaltaniy ‘ala ma saxxorta liy min xolqika hatta sayyartaniy fiy biladika va ballag’taniy
bini’matika hatta a’antaniy ‘ala qozoi manasikika fain kunta roziyta ‘anniy fazdad ‘anniy
rizon va illa faminal ana qobla an yanayan dariy haza avanu insirofiy in azinta liy g’oyro
mustabdilin bika va la bibaytika va larog’ibin ‘anka va la ‘an baytika, Allohumma
faashibniy ‘afiyata fiy badaniy val’ismata fiy diyniy va ahsin munqolabiy varzuqniy
to’ataka ma abqoytaniy vajma’liy xoyrol axiroti vad dunya innaka ‘ala kulli shay`in
qodiyr». (Ma’nosi:
Ey Rabbim, mana shu uy Sening uying. Mana bu qul Sening quling,
qulingning va cho’ringning o’g’li. Xalq qilgan (hayvonlaring) ustida meni o’z shahringga
keltirding. Ne’matingga yetkazib, hatto haj amallarini bajarishda menga yordam
berding. Agar mendan rozi bo’lsang, ana shu rozilikni o’z uyingdan
uzoqlashishdan oldin
ziyoda qil. Hozir bu yerdan ajrashish paytimdir. Agar uyingdan, o’zingdan ajralmaslikka
izn bersang, aslo uyingdan va o’zingdan ajralmasman. Allohim, badanimda ofiyatni,
dinimda mustahkamlikni va chiroyli o’zgarishni sohib qil. Qoldirganing muddatda toating
bilan rizqlantir. Dunyo va oxiratda yaxshiliklarni men uchun jam qil. Albatta,
Sen har bir
narsaga qodirsan.)
Mana shu duo bilan boshlab, Allohga hamdu sano va Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga salovot aytish ila tugatadi. Hayz ko’rgan ayollar esa, masjid eshigi oldida
turib, yuqoridagi duoni o’qiydi, so’ngra u yerdan tarqalishadi.
Dostları ilə paylaş: