Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
142
Ziyoratga yuzlanganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni
ko’paytirish lozim. Ko’z Madinadagi daraxtlarga tushishi bilan salovot va salom yo’llash
yanada ko’paytiriladi. Allohdan bu ziyorati foydali bo’lishini, ikki dunyo baxtiga muyassar
qilishini so’raydi. So’ng quyidagi duoni o’qiydi:
«Allohumma iftah ‘alayya abvaba rohmatika varzuqniy fiy ziyaroti qobri nabiyyika
sollallohu alayhi vasallam ma rozaqtahu avliya`aka va ahla to’atika vag’firliy varhamniy
ya xoyra mas’ul». (Ma’nosi:
Ey Rabbim, menga rahmat eshiklaringni och. Nabiyyingning
qabri ziyoratida avliyolaring va toating ahllarini rizqlantirgan narsa ila rizqlantir. Ey
so’raladiganlarning yaxshisi, meni mag’firat qil, rahm ayla.)
Masjidga kirayotganda tegishli duolar o’qiladi. Kirgandan keyin tahiyyatul masjid
namozini o’qib, qabr yoniga kelib, unga yuzlanib, qabr devoridan to’rt ziro’
uzoqda turib,
ovozni balandlatmay salom beriladi, so’ng:
«Assalamu ‘alaka ya Rosululloh, assalamu ‘alayka ya xiyrotallohu min xolqihi, assalamu
‘alayka ya habiyballoh, assalamu ‘alayka ya sayyidal mursaliyn va xotaman nabiyyin,
assalamu ‘alayka va ‘ala alika va ashabika va ahli baytika va ‘alan nabiyyiyna va sa`iris
solihiyn. Ashhadu annaka ballag’tarrisala va addaytal
amana va nasaxtal umma
fajazakallohu ‘anna afzola ma jaza rosulan ‘an ummatihi», deb aytadi. (Ma’nosi: Ey
Allohning rasuli, sizga salom bo’lsin. Ey xalq qilinganlarning yaxshisi, sizga salom bo’lsin.
Ey Allohning habibi, sizga salom bo’lsin. Ey Payg’ambarlarning sayyidi va nabiylarning
oxirgisi, sizga salomlar bo’lsin. Sizga, oilangizga, ashoblaringizga,
ahli baytingizga,
nabiylarga va boshqa solihlarga salom bo’lsin. Guvohlik beramanki, siz risolatni
yetkazdingiz, omonatni ado etdingiz, ummatga nasihat qildingiz, Alloh sizni biz sababdan
rasullarni ummati tufayli mukofotlaydigan mukofotlarning eng afzali ila mukofotlasin.)
Agar biror kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga salom ayting, degan bo’lsa,
«Assalamu ‘alayka ya Rosululloh min fulon ibn fulon», deb o’sha kishining ismini aytadi.
So’ng o’ng tomoniga bir qadamcha surilib, Abu Bakrga (r.a.) salom beradi. So’ng yana
surilib, Umarga (r.a.) salom beradi. So’ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qabrlari ro’parasiga qaytib, o’zi uchun u zotni vasila qilib, Parvardigoridan u zotning
shafoatlarini so’raydi. So’ng o’ziga, ota-onasiga, do’stlariga va o’ziga
yaxshilik qilgan
boshqa musulmonlarga duo qiladi. Va bu o’rinni g’animat bilib, Allohga hamd, tasbih,
tahlil, Rasulullohga salovot aytishni ko’paytirib, so’ng qabr bilan minbar orasidagi
ravzaga keladi, u yerda ham duoni ko’paytiradi.
492/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Minbarim bilan qabrim orasida jannat bog’laridan bir bog’ bordir», dedilar. Buxoriy va
Muslim rivoyatlari
Madinadan chiqib ketayotib, masjidda ikki rak’at namoz o’qib vidolashish mustahabdir. U
yerda yaxshi ko’rgan narsalari ila duo qiladi. So’ngra qabr ro’parasiga kelib, avvalgidek
salom beradi.
Duoni qaytarib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan vidolashadi,
keyin quyidagi duoni o’qiydi:
«Allohumma la taj’al haza axirol ‘ahdiy biharomi Rosulika va yassir liy al-’avda ilal
haromayni sabilan sahlatan bimannika va fazlika varzuqni al-’afva val ‘afiyata fid dunya
val axiroti va ruddana salimiyna g’onimiyna ila avtonina, amiyn». (Ma’nosi: Ey Rabbim,