www.ziyouz.com kutubxonasi
146
boshlanishidayoq: «Kimki safar qilishni xohlasa-yu, dushmandan yoki vahshiy narsadan
qo‘rqsa, «Liiylafi quraysh»ni o‘qisin, chunki u har yomonlikdan saqlovchidir», deb
aytdilar. Men ana shu surani o‘qidim, hozirgacha hech narsaga duchor bo‘lmadim».
Mana shu qiroatlardan forig‘ bo‘lgach, ixlos va muloyimlik ila quyidagi duoni ham o‘qiydi:
«Allohumma bika asta’iynu va ‘alayka atavakkalu, Allohumma zallil liy su’uvbata amriy
va sahhil ‘alayya mashaqqata safariy varzuqniy minal xay-ri aksara mimma atlubu,
vasrif ‘anniy kulla sharrin. Robbish rahliy sadriy va yassirliy amriy. Allohumma inniy
astaxfizuka va astavdi’uka nafsiy va diniy va ahliy va aqoribiy va kulla ma an’amta
‘alayya va alayhim bihi min axiratin va dunyo, faxfazno ajma’iyna min kulli suv’in ya
kariymu». (Ma’-nosi: «Ey Rabbim, Sendan yordam so‘rayman. Va Senga
tavakkalqilaman. Ey Rab-bim, ishimdagi qiyinchiliklarni menga yengilqilgin. Safar
mashaqqatini menga yengillashtirgin. Yaxshilikni talab qilganimdan ko‘proq qilib
rizqlantirgin. Va har bir yomonlikni mendan ketkazgin. Ey Rabbim, qalbimni ochib,
ishlarimni yengillashtirgin. Ey Rabbim, nafsimni, dinimni, ahlimni, qarindoshlarimni va
menga-yu ularga dunyo va oxiratda ne’mat qilib bergan har bir narsangni Sening
omonating va himoyangda qoldiraman. Ey karamli Zot, bizlarni har xil yomonlik-lardan
saqla».)
520/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarni
xohlab o‘rinlaridan turadigan bo‘lsalar,
«Allohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasamtu, Allohumma ikfiniy ma hammaniy va ma
la ahtammu lahu, Allohumma zavvidniy taqvo vag‘firliy zanbiy va vajjihniy lil xoyri
aynama tavajjahtu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga yuzlanib, Senga iltijo
qilaman. Ey Rabbim, meni tashvishga solgan va ahamiyat bermagan narsamdan O’zing
kifoya qilgin. Ey Rabbim, taqvo-imni ziyoda qilgin. Va gunohlarimni kechirgin. Qaerda
yuzlansam, yaxshilikka yuzlantirgin».) Tabaroniy rivoyati.