Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
147
524/4. Qaz’adan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umar (r.a.): «Mening yonimga kel,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam men bilan xayrlashganlaridek,
men ham sen bilan
xayrlashaman», deb
«Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika» duosini o‘qidilar. (Ma’nosi:
«Dining, omonating va amalingning xotimasini Allohga topshirdim».) (Ya’ni, bu duoni
muqim kishi musofirga aytadi.) Abu Dovud rivoyat qildilar.
Imom Xattobiy: «Bu yerdagi omonatdan maqsad ishonchli kishi oldida qoldirilgan ahli va
moli», dedilar.
Bu yerda din zikr qilindi. Chunki safar mashakqatni olib kelib, ba’zi
din ishlarini tark
qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
525/5. Nofe’ (r.a.) Ibn Umardan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam agar biror kishi bilan xayrlashsalar, o‘sha kishining qo‘lini ushlab, toinki o‘zi
ko‘lini qo‘yib yubormagunicha tark etmasdilar va:
«Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va oxira ‘amalika», deb aytardilar», deganlar.
(Ma’nosi yuqorida kelgan.) Imom Termiziy rivoyatlari.
526/6. Solim (r.a.) qilgan rivoyatlarida Ibn Umar (r.a.) biror kishi safar qilishni xohlasa,
unga: «Menga
yaqin kel, xuddi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xayrlashganlaridek,
xayrlashaman», deb «Astavdi’ulloha diynaka va amonataka va xavotima ‘amalika»ni
o‘qirdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
527/7. Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam agar askarlar bilan xayrlashmoqchi bo‘lsalar, «Astavdi’ulloha diynakum
va amonatikum va xavotima a’molikum», deb aytardilar. Abu Dovud rivoyatlari.
528/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
yonlariga kelib, «Ey
Rasululloh, men safar qilishni xohlayman, safarga yetarli narsa bilan
ta’minlang», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh seni taqvo bilan ta’minlasin», dedilar. Xdligi kishi: «Yana ziyoda qiling»,
deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Gunohingni kechirsin», dedilar. Xdligi kishi: «Yana ziyoda qiling», deganida,
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
«Qaerda bo‘lsang ham senga yaxshiliklarni yengil qilsin», dedilar. Termiziy rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: