Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
yotaver, deydi. Agar kishi uyg’onib,
Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar
tahorat qilsa, ikkinchisi yechiladi. Namoz o’qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi
nafsi pok, faol va g’ayratli bo’lib, tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos,
dangasa bo’lib uyg’onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari
27/2. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) va Abu Zarrning (r.a.)
rivoyat qilishlaricha, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotsalar,
«Bismikallohumma ahya va amutu», deb aytganlar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening isming
bilan tirilaman va o’laman.) Uyg’onganlarida:
«Alhamdu lillahillaziy ahyana ba’da ma amatana va ilay-hin nushur», deb aytar edilar.
(Ma’nosi: Bizni o’ldirgandan keyin tiriltirgan Allohga hamd bo’lsin.
Va biz Ungagina
qaytamiz.) Buxoriy rivoyatlari
28/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Agar sizlardan birontangiz uyqusidan uyg’onsa:
«Alhamdu lillahillaziy rodda ‘alayya ruhiy va ‘afaniy fiy jasadiy va azina liy bizikrihi», deb
aytsin». (Ma’nosi: «Ruhimni menga qaytib bergan, jasadimni ofiyatda qilgan va o’zini
zikr qilish uchun menga izn bergan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy bu hadisni sahih
isnod bilan rivoyat qilganlar.
29/4. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir bandaga
Alloh taolo ruhini qaytib berganida (uyg’onganda):
«La ilaha illallohu
vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli
shay`in qodiyr», desa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo uni kechirib
yuboradi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
30/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Bir kishi uyqusida ogoh bo’lib:
«Alhamdu lillahillaziy
xolaqon-navma val-yaqzota, alhamdu lillahillaziy ba’asaniy saliman
saviyya, ashhadu annalloha yuhyil mavta va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytsa,
Alloh taolo: «Bandam rost aytdi», deydi». (Ma’nosi: Uyquni va uyg’oqlikni yaratgan
Allohga hamd bo’lsin. Meni salomat va to’g’ri qilib, hayotga olib kelgan Allohga hamd
bo’lsin. Albatta, Alloh tiriltiruvchi va o’ldirguvchi
va har bir narsaga qodir, deb guvohlik
beraman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
31/6. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onib
qolsalar, o’n marta takbir, o’n marta tahmid, o’n marta «subhannallohi va bihamdihi»,
o’n marta «subhanalqudus» deb, o’n marta istig’for, o’n marta tahlil aytardilar. So’ngra:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ziyqid dunya va ziyqi yavmil qiyamah»ni o’n
marta
aytib, namozni boshlardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, dunyoning tangligidan, qiyomatning
torligidan Sendan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari