Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Kemaga minganda aytiladigan zikrlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
174-bob Kemaga minganda aytiladigan zikrlar
Alloh taolo Hud surasining 41-oyatida: «U dedi: «Kemaga mininglar!» Uning yurishi 
ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur» va yana Zuxruf surasining 12-oyatida: 
«Va 
sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan - sizlar minadigan narsalar 
(paydo) qildi»
, deb aytdi. 
535/1. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ummatim (kema)ga minishganida 
«Bismillahi majraha va mursaha, inna robbiy lag‘afurur rohiym» va «Vama qadarulloha 
xaqqa qadrihi», deb aytishsa, g‘arq bo‘lib ketishdan omondadirlar», deb aytdilar. 
(Ma’nosi: «Uning yurishi ham, turishi ham Alloh nomi bilan bo‘lur, albatta Parvardigorim 
mag‘firatli, mehribondir» va «Ular Allohni to‘g‘ri taniy olmadilar».) Ibn Sunniy 
rivoyatlari. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150
 
175-bob Safarda mahbub bo‘lgan duolar
536/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Shak-shubhasiz, uch duo ijobat qilingandir: mazlumning duosi, musofirning duosi, 
otaning farzandiga qilgan duosi», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja 
rivoyatlari. Termiziy bu hadisni hasan, deb aytdilar. Abu Dovuddan tsilingan rivoyatda 
«farzandiga» degan lafz yo’q. 
 
176-bob Musofir tepalikka (dovon)ga ko‘tarilganda takbir, pastlik (vodiy)ga 
tushganda tasbeh aytishi haqida
537/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Bu zot: «Agar tepalikka ko‘tarilsak, takbir 
aytardik. Agar pastlikka tushsak, tasbeh aytardik», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
rivoyatlari. 
538/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam va 
askarlari agar tepalikka ko‘tarilishsa, takbir aytishar edi. Agar pastlikka tushishsa
tasbeh aytishar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 
539/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar haj 
yoki umradan (roviy: «o‘azot, deb aytganlarini bilaman, xolos», dedilar) qaytadigan 
bo‘lib, tepalik yoki sahro yeriga ko‘tariladigan bo‘lsalar, uch marta takbir aytib, so‘ngra: 
«La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shayin qodiyr. Oyibuna obiduna sajiduna lirobbina hamiduna, sodaqollohu va’dahu va 
nasoro abdahu va hazamal ahzoba vahdahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan 
boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mulk U uchundir. Hamd ham U uchundir. U har 
bir narsaga qodirdir. (Bizlar) qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat qilguvchi va Rabbimizga 
hamd aytguvchilarmiz. Allohning va’dasi haqdir. Quliga nusrat berib, ahzoblarni 
(guruhlarni) yakka Uzi yengadi.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
540/4. Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bilan birga bo‘lganimizda, agar biror vodiyga ko‘tarilsak, tahlil va takbir 
aytardik. Shunda ovozimizni baland qilib ko‘tarar edik. Buni eshitgan Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ey insonlar, nafslaringizni muloyim tutinglar. Chunki sizlar 
kar yoki bu yerda yo‘q bo‘lgan Zotga duo qilmayapsizlar. Zero, U zot sizlar bilan 
birgadir. Albatta U eshitguvchi va yaqinda turuvchi Zotdir», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Imom Termiziy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Allohga taqvo etishni va har qanday tepalikka ko‘tarilishda takbir aytishni lozim tut», 
deb aytdilar. 
541/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar yerning 
baland qismiga ko‘tarilsalar, 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin