Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
«Allohumma robbas samavatis sab’i vama azlalna, val arziynas sab’i vama aqlalna, va
robbish shayotiyni vama azlalna
va robbar riyohi vama zarayna, as’aluka xoyra hazihil
qoryati va xoyra ahliha va xoyra ma fiyha, va na’uzu bika min sharriha va sharri ahliha
va sharri ma fiyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim,
Sen yetti osmon va uni
soyalantiradigan
narsalarning Parvardigorisan, yetti yer va u ko‘tarib turgan
narsalarning Parvardigorisan, shayton va u adashtirgan narsalarning Parvardigorisan,
shamol va u uchirgan narsalarning Parvardigorisan. Allohim, bu qishloqning yaxshisini,
ahlining yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman. Allohim, bu qishloqning
yomonidan, ahlining yomonidan va undagi yomonliklardan
Sening noming ila panoh
tilayman».) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari.
545/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror
yerga tashrif buyurib,
u yerga kirishni xohlasalar,
«Allohumma inniy as’ aluka min xoyri hazihi va xoyri ma jama’ta fiyha va a’uzu bika min
sharriha va sharri ma jama’ta fiyha. Allohummarzuqna hayoho, va a’izna
min vabaho,
va habbibna ila ahliha va habbib solihiy ahliha ilayna», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Allohim, Sendan bu shaharning yaxshisini va unda jamlagan narsalaringning yaxshisini
so‘rayman. Allohim, Sendan bu shaharning yomoni va unda jamlagan narsalaringning
yomonidan panoh tilayman. Allohim, undagi hayodan bizni rizqlantir. Vabosidan
bizga
panoh ber. U yer ahliga bizni do‘st ayla. Va solih ahllarini bizga do‘st et».) Ibn Sunniy
rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: