Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
153
«Kimki
bir manzilga tushib
«A’uzu bikalimatillahit tammati min sharri ma xolaq», deb aytsa, toinki boshqa manzilga
ko‘chgunicha biror narsa zarar yetkaza olmaydi», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohimning
hamma kalimalari bilan U yaratgan narsalarning yomonligidan panoh tilayman».) Imom
Muslim, Imom Molik va Termiziylar rivoyati.
549/2. Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam agar safar qilsalar, ana shu kuni kechasi
«Ya
arzu robbiy va robbukillahu, a’uzu billahi min sharriki va sharri ma fiyki, va sharri
ma xuliqo fiyki, va sharri ma yadibbu ‘alayki, A’uzu bika min asadin va asvada va minal
hayyati val ‘aqrabi va min sakinil baladi va min volidin vama valada», deb aytardilar.
(Ma’nosi: «Ey yer, mening va sening Rabbing Allohdir.
Allohning nomi bilan sening
yomonligingdan, sendagi yomonlikdan, senda xalq qilingan yomonlikdan,
senda sudralib
yuradiganlarning yomonligidan panoh tilayman. Va yana sherdan, shaxslardan, ilondan,
chayondan,
yerda yashovchi jinlardan, iblis hamda shaytondan panoh tilayman».) Abu
Dovud rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: