185-bob Safardan qaytganda aytiladigan duo 550/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men va Abu Talha Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga yo‘liqdik. Sofiya (r.a.) u zotning tuyalarida mingashib ketayotgan edilar.
Xattoki, biz Madina kiraverishiga yetib kelganimizda,
«Oyibuna, taibuna, ‘abiduna, lirobbina hamiduna», deb aytishda bardavom bo‘ldilar, shu
holda biz Madinaga kirib keldik». (Ma’nosi: «Biz qaytguvchi, tavba qilguvchi, ibodat
qilguvchi va Rabbimizga hamd aytguvchilarmiz».) Imom Muslim rivoyatlari.
186-bob Musofir kishi bomdod namozidan keyin aytadigan zikrlar Musofirga ham avvalgi boblarda kelgan muqim aytadigan zikrlarni bomdod namozidan
keyin ado etmoq va shu bilan birga quyidagi zikrlarni ham bajarmoq mustahabdir.
551/1. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar
bomdod namozini o‘qisalar, (roviy: «Safarda aytganlarini bilaman, xolos», deb aytdilar)
sahobalar eshitadigan darajada
«Allohumma aslih liy diyniy allaziy ja’altahu ‘ismata amriy, Allohumma aslih liy
dunyoyallatiy ja’alta fiyha ma’ashiy», deb uch marta, «Allohumma aslih liy oxiratil latiy
ja’alta ilayha marji’iy», deb uch marta, «Allohumma a’uzu birizoka min suxtika,
Allohumma a’uzu bika», deb uch marta, «La mani’a lima a’tayta, vala mu’tiya lima
mana’ta vala yanfa’u zal jaddi minkal jaddu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim,
ishlarimning poklaguvchisi bo‘lgan dinimni isloh et, yashayotgan dunyoimni isloh qil.
Allohim, Sening roziliging ila g‘azabingdan panoh tilayman. Allohim, Sening noming ila
panoh tilayman. Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani
beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendadir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi».) Ibn Sunniy
rivoyatlari.