Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
156
YEMAK VA ICHMAK ZIKRLARI KITOBI
192-bob Taom tortilganda aytiladigan duo
556/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga taom tortiq etilsa,
«Allohumma borik lana fiyma rozaqtana vaqina ‘azaban nari, bismillahi», deb aytardilar.
(Ma’nosi: «Allohim, bizga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, bizlarni do‘zax
azobidan saqla, Allohning ismi bilan boshlayman».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
193-bob Mezbon mehmonga taom tortiq qilganda «englar» yoki shunga
o‘xshash so‘zlarni aytmog‘i mustahabligi haqida
Bilingki, mezbon mehmonga ovqat tortiq etganida «Bismillah» yoki «olinglar», deyishi
yoki duo o‘qishi yo yeyishga kirishishligi uchun ochiqcha iboralarni ishlatmoqligi vojib
emas, mustahab amaldir. Balki ovqatni qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. Mehmonlar esa lafz
ila aytmasa ham, ovqat yeyishga kirishishlari mumkin. Ba’zilar esa: «Lafzni ishlatish
vojib», deb aytishgan. Lekin avvalgi fikrimiz to‘g‘riroqdir. Chunki lafz ila izn berishning
mustahabligiga sahih hadislar dalolat qilib turibdi.
194-bob Yemak va ichmak paytida «Bismillah»ni aytish
557/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam menga (ovqatlanayotganimda) «Alloh ismini zikr qil va o‘ng qo‘ling bilan
yegin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
558/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
sizlardan biringiz (ovqat) yeydigan bo‘lsa, ana shu taomning avvalida Alloh ismini zikr
qilsin (ya’ni, «Bismillah»ni aytsin). Agar avvalida Alloh ismini zikr etishni unutsa,
«Bismillahi avvalahu va axirahu», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Ovqatning avvali va
oxiriga bismillah») Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
559/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan
quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa,
shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo‘q», deb aytadi. Kim uyiga
kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotokdaringizga yetishdingiz»,
deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatga ham,
yotoqqa ham yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari.
560/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Talha va Ummu Sulaymlar Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamni ovqatga taklif etishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ulardan yana o‘n kishi birga kelishiga izn so‘radilar. Ikkovlari o‘sha o‘n kishiga ham izn
berishdi. Rasululloh ushbu o‘n kishi ovqat tanovul qilgani kirishganda «Yenglar va
Allohning ismini zikr qilinglar», dedilar. Ular ovqatdan yeyishdi. Bundan tashqari yana
sakson kishi ham tanovul qildi. Bu Rasulullohning zohiriy mo‘‘jizalaridan biri edi. Imom
Muslim rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |