www.ziyouz.com kutubxonasi
158
aksa urganga javob qaytarishdagi kabi jamoadan bir kishining so‘zi kifoya qilganiga
o‘xshaydi.
195-bob Ovqat va ichimlikni (kamchiligini topib) ayblamaslik haqida 565/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech
vaqt taomni ayblamadilar. Agar ishtahalari bo‘lsa, undan yedilar. Agar ko‘ngillari
tusamasa, uni tark qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Muslim rivoyatlarida:
«Agar ishtahalari tusamasa, sukut kildilar», deyilgan.
566/2. Hulb (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir
kishi: «Ba’zi taomlar borki, ulardan o‘zimni noqulay his qilaman», deb aytganida, u zot:
«Qalbingda biror narsani iztirob qilma, unda nasroniylarga o‘xshab qolasan», deb
aytganlarini eshitdim». Abu Dovud , Termiziy, Ibn Mojalar rivoyatlari.
196-bob Ovqatni ko‘nglim tusamayapti yoki uni yeyishga odatlanmaganman, deb aytish joizligi 567/1. Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
pishirilgan taom tortiq etilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qo‘llarini
cho‘zib, moyillik ko‘rsatdilar. Shunda: «U Zabb-ku (echkiemarga o‘xshagan jonivor), ey
Rasululloh», deb aytishganda, u zot qo‘llarini undan ko‘tardilar. Xolid ibn Valid: «Ey
Rasululloh, Zabb harommi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin
qavmim yerida bo‘lmagani uchun uni yeyishdan o‘zimni tiydim», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
197-bob Ovqatlanuvchining yeydigan taomini maqtashi haqida 568/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliyalaridan
nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh uni
keltirishni buyurdilar. Va uni yeya turib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka,
muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.