Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
161
Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam ovqat yeb
bo‘lgandan keyin dasturxon yig‘ishtirilgach,
«Alhamdu lillahillaziy kafono va arvono g‘oyra makfiyyin vala makfurin», derdilar.
(Ma’nosi: «Bizga kifoyachi bo‘lgan va bizni qondirgan, Undan o‘zga kifoyachi yo‘q va
inkor ham qilinmagan Allohga hamd bo‘lsin».)
579/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta
Alloh taolo bandalaridan rozi bo‘ladi, agar ular biror taom yeb, hamd aytishsa va biror
ichimlik ichib, hamd aytishsa», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
580/3. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
agar ovqat yeb bo‘lsalar,
«Alhamdu lillahil laziy at’amana va saqona va ja’alana muslimiyn», deb aytardilar.
(Ma’nosi: «Bizlarni ovqatlantirib, bizlarni sug‘orib hamda bizlarni musulmon qilib qo‘ygan
Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud «al-Jome’», kitoblarida va Termiziy «Shamoil»,
kitoblarida rivoyat qilishgan.
581/4. Abu Ayub Xolid ibn Zayd al-Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam agar yeb yoki ichsalar,
«Alhamdu lillahil laziy at’ama va saqo va savvag‘ahu va ja’ala lahu maxroja», deb
aytardilar. (Ma’nosi: «Ovqatlantirib, sug‘orib va uni
hazm hamda chiqadigan qilib
ko‘ygan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu Dovud va Nasaiylar sahih isnod ila rivoyat
qilishgan.
582/5. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimki taom yeb, so‘ngra
«Alhamdu lillahil laziy at’amaniy haza va rozaqoniyhi min g‘oyri havlin minniy vala
quvvatin»,
deb aytsa, uning avvalgi gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Mening
kuch-quvvatimni ketkizmay, mana bu rizq ila taomlantirgan Allohga hamd bo‘lsin».) Abu
Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
583/6. Tobe’in Abdurahmon ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga sakkiz yil xizmat qilgan bir xodim u zotdan ovqatlanganlarida
«Bismillah», deyishlarini, agar ovqatlanib bo‘lsalar,
«Allohumma at’amta va saqoyta va ag‘nayta va aqnayta va hadayta va ahsanta, falakal
hamdu ‘ala ma a’toyta», deb aytishlarini eshitgan ekan. (Ma’nosi: «Allohim, (meni)
taomlantirib, sug‘orib,
behojat qilib, qanoatlantirib, hidoyatli etib, yaxshilik qilding,
(menga) bergan narsalaringda Senga hamd bo‘lsin.) Nasaiy va Ibn Sunniy rivoyatlari.
584/7. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam ovqatlanib bo‘lganlaridan keyin
«Alhamdu lillahil laziy manna ‘alayna va hadana, vallaziy ashba’ana va arvana va kullal
ehsoni atana», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Bizga ne’matlar berib,
hidoyat qilgan va
to‘ydirib-sug‘organ hamda barcha yaxshiliklarni ato qilgan Allohga hamd bo‘lsin».) Ibn
Sunniy rivoyatlari.
585/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz taom yesa, (Ibn Sunniy rivoyatlarida «Alloh kimni biror ovqat ila