www.ziyouz.com kutubxonasi
162
taomlantirsa...» deyilgan)
«Allohumma borik lana fiyhi va at’imna xayrom minhu», desin. (Ma’nosi: «Allohim, bizga
uni barakali qilib, undan-da yaxshirog‘i ila taomlantir»). Kimni Alloh sut ila ikrom qilsa,
«Allohumma borik lana fiyhi va zidna minhu», deb aytsin. Chunki sutdan ko‘ra kifoya
qiluvchiroq biror ovqat yoki ichimlik yo‘qdir», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, bizga uni
barakali qilib, bizga undan-da ziyoda qil».) Abu Dovud , Termiziy va Ibn Sunniy
rivoyatlari.
586/9. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam agar biror idishda suv ichsalar, (ichayotganlarida) uch bora nafas olardilar. Har
nafasda Allohga hamd aytib, oxirida shukr qilardilar. Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat
qilganlar.
206-bob Mehmon ovqat yeb bo‘lganidan keyin mezbonni duo qilishi haqida 587/1. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam otamning huzuriga kelganlarida, biz bu zotga taom va suti bor mesh
ko‘yganimizda, undan tanovul qildilar. So‘ngra xurmo keltirildi. Undan ham yeb,
danagini o‘rta va ko‘rsatkich barmokdariga jamlab turib uloqtirib yubordilar. So‘ngra
ichimlik keltirilganida, undan ham ichdilar. Ichib bo‘lib, o‘ng tomonlariga uzatdilar.
Shunda otam u zotning ulovlari yuganidan ushlab turib: «Ey Rasululloh, bizni duo
qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma borik lahum fiyma rozaqtahum vag‘fir lahum varhamhum», deb aytdilar».
(Ma’nosi: «Allohim, ularga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, ularning gunohlarini
kechir, rahm ayla».) Imom Muslim rivoyatlari.
588/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn
Ubodanikiga iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog‘ keltirdi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam ulardan tanovul qilib, so‘ng:
«Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-abroru va sollat ‘alaykum al-
malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning huzuringizda iftor qilishdi.
Yaxshilar ovqatlaringizdan tanovul qilishdi. Va farishtalar sizlarga duo qilishdi».) Abu
Dovud rivoyatlari.
589/3. Abdulloh ibn Zubayrdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Sa’d ibn Muoz huzurlarida iftor qilib:
«Aftora ‘indakum as-soimuna...», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Ro‘zadorlar sizlarning
huzuringizda iftor qilishdi».) Ibn Moja rivoyatlari.
590/4. Bir kishi Jobirdan (r.a.) rivoyat qilib aytdi. Abul Haysam ibn Tayyixon Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga taom hozirlab, Rasulullohni va sahobalarini unga chaqirtirdi.
Ovqat tanovul qilib bo‘lingandan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Birodarlaringizni mukofotlab ko‘yinglar», dedilar. Sahobalar: «Ey Allohning rasuli,
mukofotlash qanday bo‘ladi?» deyishganida, u zot: «Agar biror kishining uyiga kirib,
taomidan yeb, ichimligidan ichib, unga duo qilsangiz, ana shu mukofotlash bo‘ladi»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.