www.ziyouz.com kutubxonasi
163
207-bob Suv yoki sut bilan siylaganni duo qilish haqida 591/1. Miqdoddan (r.a.) mashhur uzun hadisda rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam (suv yoki sut bilan siylanganlarida) qo‘llarini osmonga ko‘tarib:
«Allohumma at’im man at’amaniy vasqi man saqoniy», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Allohim, meni ovqatlantirgan kishini taomlantirib, siylagan kishini ham siylagin».)
Imom Muslim rivoyatlari.
592/2. Amr ibn Hamiqdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamni sut ila sug‘organlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma amti’hu bishabobihi» («Allohim, uni yoshlik ila ne’matlantir»), deb aytdilar.
Amr ibn Hamiq sakson yoshga ham kirdilarki, sochlarida biror oq ko‘rinmadi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
593/3. Amr ibn Axtobdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
suv talab qilganlarida, men yog‘ochdan bo‘lgan bir qadahda suv keltirdim. Unda
sochning tuki bor ekan, olib tashladim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma jammilhu» (ya’ni, «Allohim, uni go‘zal ayla»), deb duo qildilar». Roviyning
aytishlaricha, u to‘qson uchga kirganida ham soch-soqoli qora edi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
208-bob Mehmon qilishga undash haqida 594/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlariga mehmon qilishlarini so‘rab kelganida, bu zotda mehmon qilish
uchun hech narsa yo‘q edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon
qiladigan Alloh rahm etuvchi odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi turib u
bilan ketdi...», deb hadisning qolgani zikr qilindi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
209-bob Mehmonni hurmat qilganni maqtash haqida 595/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga kelib, «Men ovqatlanishni xohlayman», dedi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam u bilan bir ayollari huzuriga borganlarida, u ayollari: «Sizni haq ila
yuborgan Zotga qasamki, menda suvdan boshqa narsa yo‘q», dedi. So‘ngra boshqasiga
borganlarida, u ham xuddi shunday dedi. Hattoki, barchalari shunday deyishdi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini mehmon qiladigan Alloh rahm etuvchi
odam bormi?» deganlarida ansoriylardan bir kishi: «Men, ey Allohning rasuli», deb u
bilan maskaniga bordi. Va xotiniga: «Senda yegulik biror narsa bormi?» deganida:
«Yo‘q, faqat yosh bolalarimning ovqati bor, xolos», deb aytdi. Shunda bu ansoriy:
«Bolalarni biror narsa bilan yupatib turgin. Agar mehmonimiz kirsa, chiroqni o‘chirgin va
biz o‘zimizni yeyayotgandek qilib ko‘rsataylik. Agar yeyishga qo‘lini cho‘zsa, unda ham
turib chiroqni o‘chirgin», dedi. Ular o‘tirdilar va mehmon ovqatni yedi. Qachonki, tong
otib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borishganda, u zot: «Bu kechasi
mehmonlaringizga qilgan narsalaringizdan Alloh taolo ajablanib, quyidagi oyatni nozil