www.ziyouz.com kutubxonasi
164
qildi:
«(Ansorlar) garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘zlarini qo‘yib (o‘zgalarni) iysor - ixtiyor qilurlar» (Hashr surasi, 9-oyat)», dedilar.
Sharh: bu yerda yosh bolalar zaruriy ehtiyoj bo‘lgan holda ovqatga muhtoj emasdirlar.
Odatda, yosh bolalar bir kishi ovqatlanayotganini ko‘rishsa, qorinlari to‘q bo‘lsa ham, uni
talab qilishadi. Bu yerda haligi erkak ham, xotini ham mehmonlariga o‘z nasibalarini
tortiq qilishdi. Vallohi a’lam.
210-bob Kishi mehmonini xush sanab, mehmonga yetkazgani uchun Allohga hamd-sano aytishi haqida 596/1. Abu Hurayra (r.a.) Abu Shurayh al-Xuza’iydan (r.a.) rivoyat qilishlaricha,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa,
mehmonini hurmat qilsin», dedilar.
597/2. Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
kunlarning birida yoki kechalarning birida ko‘chaga chiqqanlarida, Abu Bakr va Umarlarni
(r.a.) uchratdilar. Ularga: «Sizlarni bu soatda uyingizdan nima olib chiqdi?» deganlarida,
ikkovlari: «Ey Allohning rasuli, ochlik», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Mening jonim Uning ko‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, meni ham sizlarni olib
chiqqan narsa olib chiqdi. Turinglar», dedilar. Ular u zot bilan turib, ansoriylardan bir
kishinikiga borishdi. Borishsa, u uyida yo‘q ekan. Uning xotini bularni ko‘rib: «Xush
kelibsizlar, marhabo», deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falon kishi
(ya’ni, ering) qaerda?» dedilar. U ayol: «Bizga ichimlik suvi olgani ketdi», dedi. Shu payt
haligi ansoriy kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ikki birodarlarini ko‘rib,
«Allohga hamd bo‘lsinki, bugun mendan ko‘ra mehmon jihatidan hurmatliroq kishi
yo‘qdir», dedi...», deb hadisni oxirigacha zikr qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.