www.ziyouz.com kutubxonasi
167
Imom Navaviy bu hadisni quyidagicha sharhlaydilar: «Bu uch kalimada dunyo va oxirat
yaxshiliklari jamlangandir. Chunki insof Allohning barcha buyurgan hukmlarini ado etib,
jamiki qaytariqlaridan saqlanishni hamda kishilar huquqiga rioya qilishni taqozo etadi.
Ularda bo‘lmagan narsani talab etmaydi. Va yana o‘z nafsini qabohat narsalarga
urmasligini ham taqozo etadi. Endi «Olamga salomni tarqatish»ning ma’nosi kishilarning
hammasiga salom berib, biror kishiga mutakabbirlik qilmaslikni anglatadi. Va yana biror
kishi bilan orasida jafo sababli man qilmasligini anglatadi. «Tanqislikda infoq qilish»
deganda, Alloh taologa to‘la bog‘lanib, Unga tavakkul bilan musulmonlarga shafqat qilish
tushuniladi».
213-bob Salomning sifati haqida Bilingki, musulmon kishi (salom) aytishining eng afzali «Assalomu alaykum va
rahmatullohi va barokatuhu»dir. Agar salom beriluvchi bir kishi bo‘lsa ham, ko‘plik
olmoshi ila aytilaveradi. Javob beruvchi «Vaalaykum assalomu va rahmatullohi va
barokatuhu», deydi. Ya’ni, «va» ko‘shimchasini ziyoda qiladi.
607/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlariga kelib, «Assalomu alaykum», dedi. Unga javob qaytarib
o‘tirdilar-da, o‘nta, dedilar. So‘ngra boshqa kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va
rohmatullohi», dedi. Unga ham javob qaytarib o‘tirdilar-da, yigirmata, dedilar. So‘ngra
boshqa bir kishi keldi-da, «Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuhu», dedi.
Unga ham javob qaytarib, o‘ttizta, dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari.
Abu Dovud Muoz ibn Anasdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida shunga quyidagilarni ziyoda
qildilar: «So‘ngra boshqasi kelib «Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu va
mag‘firotuhu», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qirqta, fazilatlar mana
shunday bo‘ladi», dedilar». (Ya’ni, salom qancha ziyoda bo‘lsa, savobi ham shunga
qarab bo‘ladi... -tarj.)
608/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
yonlaridan o‘tdi. U kishi birodarlarining hayvonlarini boqib yurardi. Bas, «Assalomu
alayka, ya Rasulalloh», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Va alaykas salom va
rohmatullohi va barokatuhu va mag‘firotuhu va rizvonuhu», dedilar. Shunda: «Ey
Rasululloh, siz buning salomiga bunday alik olyapsiz-u, sahobalardan birortasining
salomiga bunday alik olmagansiz?» deyilganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Meni
bundan nima man qilsinki, bu kishi bir necha o‘n kishi ajri bilan ketyapti», dedilar. Ibn
Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
Salom aytishga Qur’oni karimdan dalil Hud surasining 69-oyatidir: