www.ziyouz.com kutubxonasi
176
aytdilar.
Bu fikrni Abu Bakr Shoshiy inkor qilib, fosid, dedilar. Chunki salom o‘tirgan paytda
sunnat bo‘lgani kabi ko‘zg‘alganda ham sunnatdir. Shu Abu Bakr Shoshiyning fikrlari
to‘g‘ridir.
Fasl: Agar biror kishi yoki ko‘proq kishi yonidan o‘tib qolinsa-yu, salom bersam,
takabburlik qilib yoki boshqa sabab yuzasidan alik olmaydi, degan gumon bilan salom
tark qilinmaydi. Chunki salom har bir o‘tuvchi kishiga buyurilgan. Javobni hosil qilish
buyurilmagan. Qaerdan bilsin, balki gumoni xato bo‘lib, javob berib qolishi mumkin.
Ammo «Utuvchining salomi sababli o‘tirgan kishi alik olmasa, gunohga botib qoladi,
shuning uchun salom beravermasin» kabi so‘zlar johillik va kaltafahmlikdir. Chunki
shar’iy buyruqlar mana shu kabi xayoliy narsalar ila soqit bo‘lmaydi.
Bir kishi eshittiradigan qilib salom bersa-yu, alik olinmasa, «Salom berishdagi hakqini
ado qildim» kabi so‘zlarni aytish mahbub amaldir. Shu bilan bu odamning hakqi soqit
bo‘ladi.
639/3. Abdurahmon ibn Shibldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kim salomga alik olsa, uning foydasidir. Kimki alik olmasa, bizdan emas»,
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Bir insonga salom berilsa-yu, u alik olmasa, chiroyli ibora bilan «Salomga alik olish
vojib, sendan vojib soqit bo‘lishi uchun salomga alik olmog‘ing lozim bo‘ladi», deb aytish
mahbub amaldir.
219-bob Izn so‘rash to‘g‘risida Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmanglar. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat); «U osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, so‘ngra Uz arshiga o‘rnashgan Zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot