www.ziyouz.com kutubxonasi
18
7-bob. Uxlash, yuvinish yoxud boshqa ehtiyojlar uchun kiyim yechilganida aytiladigan duo 43/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon
kishi kiyimini yechmoqchi bo’lsa:
«Bismillahillaziy la ilaha illa huva», deb aytsin, shu so’z odam bolasi avrati bilan jin ko’zi
orasida pardadir», dedilar. (Ma’nosi: Undan boshqa iloh yo’q bo’lgan Allohning ismi
bilan.) Ibn Sunniy rivoyatlari
8-bob. Uydan chiqayotganda o’qiladigan duolar 44/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uydan chiqayotib:
«Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla
av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya», degan duoni o’qir edilar».
(Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va
adashtirilishdan, toyilish va to-yiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko’rishdan, johillik qilish
va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so’rayman.) Abu Dovud, Termiziy,
Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
45/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim uyidan
chiqqanida:
«Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi va la havla va la quvvata illa billah» (Alloh nomi bilan.
Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirishg ham, quvvat ham yo’qdir), desa,
unga:
«Kufiyta va vuqiyta va hudiyta» (Hidoyat qilinding, shaytondan saqlanding va himoya
etilding), deyiladi va undan shayton uzoqlashtiriladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy,
Nasoiy rivoyatlari
Abu Dovudning rivoyatlarida quyidagi so’zlar ziyoda qilingan: «Shayton boshqa bir
shaytonga: «Bir kishi hidoyat etilib, sendan himoya qilinibdi. Endi ahvoling qanday
bo’ladi?!» deydi».
46/3. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam manzillaridan
chiqsalar:
«Bismillahi tuklanu ‘alalloh, la havla va la quvvata illa billahi», deb aytar edilar».
(Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirish ham,
quvvat ham yo’qdir.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari