www.ziyouz.com kutubxonasi
180
Fasl: Solih mayyit kishining yuzini muborak bo‘lgani uchun o‘pishning zarari yo‘q.
Safardan qaytgan do‘stining yuzidan o‘pishning ham zarari yo‘q.
659/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari
haqidagi uzun hadisda aytilishicha, Abu Bakr (r.a.) u zot huzurlariga kirib, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning yuzlarini ochdilar. So‘ngra engashib turib o‘pdilar-da,
yig‘lab yubordilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
660/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Horisa Madinaga kelganlarida,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimda edilar. Zayd kelib eshikni taqillatdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turib, kiyimlarini sudrab borib, quchoqlashib
o‘pdilar». Imom Termiziy rivoyatlari.
Ammo yosh bola va safardan qaytuvchidan tashqari kishilarning yuzidan o‘pish va
quchoqlashish makruhdir. Bunga dalil quyidagi hadis:
661/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki
do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib
o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha»,
deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari.
Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir.
662/12. Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Anasga (r.a.) «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam sahobalarida qo‘l berib so‘rashish bormidi?» desam, «Ha», deb javob qildilar».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
663/13. Ka’b ibn Molikning (r.a.) tavbalari haqidagi qissada keltirilishicha, «Talha ibn
Ubaydulloh (r.a.) yugurib kelib, menga qo‘llarini berib so‘rashdilar va tabrikladilar»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
664/14. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki
musulmon yo‘liqib, qo‘l berib so‘rashishsa, ular ikkovi ajralmaslaridan oldin gunohlari
kechiriladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
665/15. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki
musulmon yo‘liqishsa, ikkovlari ajralmasdan oldin gunohlari kechiriladi», dedilar. Abu
Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
666/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki
do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib
o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha»,
deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari.
667/17. Ato ibn Abdulloh al-Xurosoniydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam menga: «Ko‘l berib so‘rashinglar, u nafratni ketkazadi. Bir-biringizga
hadya berib turinglar, shunda bir-biringizga muhabbat qilasiz hamda ginalar barham
topadi», dedilar». Imom Molik rivoyatlari.