www.ziyouz.com kutubxonasi
184
3. Janozaga ergashish;
4. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
6.
Muslimning rivoyatlarida esa quyidagicha keltiriladi: «Musulmonning musulmondagi
haqqi oltitadir:
1. Yo‘likqanda salom berish;
2. (Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
3. Nasihat talab qilsa, nasihat qilish;
4. Agar aksa urib hamd aytsa, («Yarhamukalloh», deb) javob qaytarish;
5. Kasal bo‘lsa, borib ko‘rish;
6. Janozada qatnashish». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Fasl: Ulamolar aksa urgan kishi ketidan «Alhamdulillah», deb aytishini mustahab,
deyishgan. Agar «Alhamdulillahi robbil alamiyn», desa, yaxshiroq. Agar «Alhamdulillahi
‘ala kulli hol», desa, afzalroqdir.
681/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sizlardan biringiz aksa ursa,
«Alhamdulillahi ‘ala kulli hol», desin. Uni eshitgan og‘aynisi yoki do‘sti
«Yarhamukalloh», desin. (Aksa urgan)
«Yahdikumullohu va yuslih balakum», deb aytadi», dedilar. Abu Dovud va boshqalar
sahih isnod ila rivoyat qilishgan.
682/8. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Ibn Umarning yonlarida aksa urib,
«Alhamdu lillahi vassalomu ‘ala rasulillah», dedi. Ibn Umar (r.a.): «Alhamdu lillahi
vassalomu ‘ala rasulillah» dedingmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga
«Alhamdu lillahi ‘ala kulli hol», deyishga buyurganlar-ku», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
Imom Navaviyning fikrlaricha, eshitgan kishi «Yarhamukalloh» yoki «Yarhamukumulloh»
yoki «Rahimakumulloh», deyishi mahbubdir. Bundan keyin aksa urgan kishining
«Yahdikumulloh va yuslih balakum» yoki «Yag‘firullohu lana valakum», deb aytishi ham
mahbubdir.
683/9. Nofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ibn Umar (r.a): «Sizlardan biringiz aksa ursa,
unga
«Yarhamukalloh», deydi. U esa
«Yarhamunallohu va iyyokum va yag‘firullohu lana va lakum», ya’ni «Alloh bizlarni va
sizlarni rahm qilib, sizlarni va bizlarni mag‘firat qilsin», deydi», dedilar. Imom Molik
rivoyatlari.
Fasl: Aksa uruvchi hamd aytmasa, javob qaytarilmaydi. Biz buni yuqoridagi hadisda
o‘rgandik. Hamd va aksaga javob qaytarish kamida yonidagi sherigi eshitadigan
darajada bo‘lishi kerak.
Fasl: Aksa uruvchi kishi «Alhamdulillah»dan boshqa lafzni aytsa, javob qaytarilishiga
haqli emas.