www.ziyouz.com kutubxonasi
186
aksasiga javob qaytarilmaydi. Chunki bu tumov kasalligi bo‘lib, yengil aksa emas. Agar
«Tumov kasali bo‘lsa, duo qilib javob qaytarilishiga boshqalardan ko‘ra hakdi emasmi?»
deyilsa, bunga javob shunday: «Haqiqatda duo qilish mahbub amal. Lekin mashru’
bo‘lgan aksa duosidan tashqaridagi duoni qilsin. Balki musulmon boshqa musulmonga
ofiyat, salomatlik va shunga o‘xshash narsalarni duo qilaverishida zarar yo‘q, faqat aksa
urishga taalluqli bo‘lmasin».
Fasl: Agar aksa ursa-yu hamd aytmasa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, javob
qaytarilmaydi. Shu singari agar hamd aytsa-yu uni kishi eshitmasa ham, javob
qaytarilmaydi. Agar jamoat bo‘lsa-yu ularning ba’zilari eshitib, ba’zilari eshitishmasa,
eshitganlar javob qaytarishadi. Bilingki, agar hamd aytmasa, bunda hamdni eslatmoqlik
mustahabdir.
691/17. Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi. Yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida aksa urib, Rasulullohning «Yarhamukalloh», (ya’ni, «Alloh rahm
qilsin»), deyishlariga umid qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa:
«Yahdikumullohu va yuslih balakum», (ya’ni, «Alloh sizni hidoyat qilib, sha’ningizni isloh
etsin»), deb aytardilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Abu Ya’lo al-Muvsiliy «Musnad»larida Abu Hurayradan (r.a.) qilingan rivoyat shunday
keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror so‘z gapirayotgan bo‘lsa-
yu, uning huzurida aksa urilsa, bas, u haqdir», deganlar». Buning isnodi ishonchlidir.
Faqat Baqiyya ibn Validning sanadida ixtilof qilingan. Aksar hadis imomlari buning
rivoyatini shomliklardan bo‘lsagina hujjat qilib keltirishgan. Bu hadisni esa Muoviya ibn
Yahyo Shomiydan rivoyat qilganlar.
Fasl: Agar esnasa, yuqoridagi sahih hadisga binoan qodir bo‘lganicha qaytarmoqligi va
qo‘lini og‘ziga ko‘ymoqligi sunnatdir.
692/18. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar sizlardan biringiz esnaydigan bo‘lsa, ko‘li bilan og‘zini to‘ssin, chunki
shayton kirib ketadi», dedilar.
Imom Navaviyning fikrlaricha, esnash xoh namozda, xoh tashqarida bo‘lsin, qo‘lini
og‘ziga ko‘yish mahbub amallardandir. Ammo esnashdan tashqari holatlarda namoz
o‘quvchi kishining ko‘lini og‘ziga ko‘yishi makruh sanaladi.