Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
Manzilga kirayotganda bismillohni aytib, zikrni ko’paytirib, uyda odam bo’lsin-bo’lmasin,
salom berib kirish mus-tahabdir. Alloh taolo Nur surasining 61-oyatida:
«Bas, qachon
uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza
salomni aytinglar
(ya’ni,
assalomu alaykum, denglar)», deb buyuradi.
47/1. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh menga: «Ey o’g’ilcham, uyingga kirsang, salom
berib kir. Bu ishing o’zingga va ahli ayolingga baraka keltiradi», dedilar». Imom Termiziy
rivoyatlari
48/2. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kishi
uyiga
kirayotganida:
«Allohumma inniy as`aluka xoyral mavlaji va xoyral maxraji, bismillahi valajna va
bismillahi xorojna va ‘alallohi robbina tavakkalna» (Ey Rabbim, Sendan kirishning ham,
chiqishning ham yaxshisini so’rayman. Allohning ismi bilan kirdik.
Allohning ismi bilan
chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkal qildik), deb aytib, so’ngra ahliga salom bersin»,
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari
49/3. Abu Umoma Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Uch kishi Alloh taoloning himoyasidadir: Allohning yo’lida g’azotga chiqqan
kishi to shahid bo’lib, jannatga kirgunicha yoki o’lja-mukofotlarni
olib qaytgunicha;
masjidga ketayotgan kishi yo vafot etib, jannatga kirgunicha yoki ajr-savoblarni olib
(ahliga) qaytgunicha; uyiga salom berib kirgan kishi», dedilar.
Hasan isnod bilan Abu
Dovud rivoyat qilganlar.
50/4. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Rasulullohdan quyidagilarni eshitdim: «Kim
uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga
yotoq ham, ovqat ham yo’q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa,
shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi.
Taom paytida ham Allohni
zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatgayam yetishdingiz», deydi». Imom Muslim
rivoyatlari
51/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam uylariga kunduzi qaytsalar:
«Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy valhamdu lillahillaziy at’amaniy va saqoniy
valhamdu lillahillaziy manna ‘alayya, as`aluka an tujiyroniy minan nar»,
deb aytar
edilar. (Ma’nosi: Menga boshpana berib behojat qilgan, meni yedirib-ichirgan va ko’p
ne’matlarni in’om etgan Allohga hamd bo’lsin. Undan meni do’zaxdan saqlashini
so’rayman.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
Imom Molik «Muvatto’» kitoblarida aytishlaricha, kishi o’zi
yashamaydigan uyga
kirganida:
«Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn» (Bizga va Allohning solih bandalariga
salom bo’lsin), deb aytishi mustahab.
Dostları ilə paylaş: