Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
Ilmli va salohiyati ulug‘ kishiga «Alloh meni sizga fido qilsin» yoki «Ota-onam
sizga fido
bo‘lsin» kabi so‘zlarni aytishning zarari yo‘q. Bunga sahih hadislardan dalillar ko‘pdir.
Agar ayol nomahram kishiga oldi-sotdi yoki bundan boshqa narsalarda gapirishga
majbur bo‘lib qolsa, u ovozini dag‘al qilib so‘zlashi lozim bo‘ladi. Ayolga erkaklar xohish-
istak bildirishidan qo‘rqqan holda ovozini aslo mayin qilmaydi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
191
NIKOH ZIKRLARI KITOBI
225-bob Biror ayolga sovchi bo‘lib kelgan kishi aytadigan narsalar haqida
Sovchi bo‘lib keluvchi
kishi Allohga hamdu sano, Rasulullohga salavot aytib, so‘ngra
«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluhu», deb sizlarning qizingizga rag‘bat qilgan
holda yoki falonchi qizi
falonchini so‘rab keldik, deb aytadi.
701/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir kalom, (ba’zi rivoyatlarda) har bir ish Allohga hamd aytish ila boshlanmasa,
bas, u kesikdir», (ya’ni, barakasi ozdir)» dedilar.
Abu Dovud , Ibn Moja va boshqalar
rivoyati.
702/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir xutbada tashahhud bo‘lmasa, kesik qo‘lga o‘xshaydi», dedilar. Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
Dostları ilə paylaş: