226-bob Ahli fazl va solih kishilarga qizini uzatishni taklif qilish to‘g‘risida 703/1. Imom Buxoriy qilgan rivoyatda keltirilishicha, Hafsaning (r.a.) eri vafot etganida,
Umar ibn Xattob Usmonga (r.a.) yo‘liqib, Hafsani Usmonga (r.a.) taklif qilib:
«Xohlasangiz, qizim Hafsani sizga nikohlab ko‘yaman», dedilar. Usmon (r.a.): «Bir
o‘ylab ko‘raman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu gapdan keyin bir kecha kutdim. So‘ngra
Usmon (r.a.) menga yo‘liqib, «Ravshan bo‘ldiki, bugungi kunda uylana olmas ekanman»,
dedilar. Bas, Abu Bakr Siddiqqa yo‘liqib, «Agar xohlasangiz, qizim Hafsaga sizni
uylantirib qo‘yaman», dedim. Abu Bakr (r.a.) sukut qilib turdilar...», deb hadisning
oxirigacha zikr qildilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
227-bob Nikoh bitimi tuzilayotganda aytiladigan zikrlar Oldingi bobda zikr qilganimizdek, hamd va tashahhudlarni o‘z ichiga oluvchi xutba
o‘qimoq mustahabdir. Quyidagi xutbani o‘qish esa, afzalroqdir:
704/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hojat xutbasini quyidagicha o‘rgatdilar:
«Alhamdu lillahi nasta’iynuhu va nastag‘firuhu va na’uzu bihi min shururi anfusina man
yahdillahu fala muzilla lahu vaman yuzlil fala hadiya lahu va ashhadu an la ilaha illallohu
va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluhu. Ya ayyuhannasu ittaquv
robbakumullaziy xolaqokum min nafsiv vahidativ va xolaqo minha zavjaha va bassa
minhuma rijolan kasiyran va nisoan vattaqullohallaziy tasoaluvna bihi val arhama
innalloha kana a’laykum roqiyba. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha haqqa tuqotihi
vala tamutunna illa va antum muslimun. Ya ayyuhallaziyna amanuv ittaqulloha va quluv
qovlan sadiydan yuslih lakum a’molakum va yag‘fir lakum zunubakum va man yuti’illaha
varasuvlahu faqod faza favzan ‘aziyma». (Ma’nosi: «Hamd Alloh uchundir. Biz Undan
yordam so‘raymiz va istig‘for aytib gunohlarimizni kechishini so‘raymiz. Hamda