Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
193
alayhi vasallam:
«Barokallohu laka» (ma’nosi: «Alloh senga baraka bersin»), deb aytdilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
706/2. Sahih
rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Jobir (r.a.)
uylanganliklari xabarini berishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Barokallohu
alayka» (ma’nosi: «Alloh senda baraka qilsin»), deb aytdilar.
707/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar
biror
kishi uylansa,
«Barokallohu laka va boraka ‘alayka va jama’a baynakuma fiy xoyrin», deb aytardilar.
(Ma’nosi: «Alloh senga baraka berib, senda baraka qilsin. Va oralaringizni yaxshilikda
jamlasin».)
Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
229-bob Kelin tushirdi kechasida xotini kirgan paytda erining aytadigan zikrlari
Ayoliga ilk bor yo‘likqanda, uning peshonasiga qo‘lni qo‘yib, «Barokallohu likulli vahidim
minna fiy sohibihi» (ma’nosi: «Alloh har birimizni o‘z juftiga barakali qilsin»), deb
aytmog‘i mahbub amaldir. Va bu bilan birga quyidagi hadisdagi duoni ham qo‘shib
aytadi:
708/1. Amr ibn Shu’ayb otalaridan, otalari esa bobolaridan
qilgan rivoyatlarida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz biror xotinga uylanadigan
bo‘lsa yoki biror xizmatkor sotib oladigan bo‘lsa,
«Allohumma inniy as aluka xoyraha va xoyra ma jabaltaha ‘alayhi. Va a’uzu bika min
sharriha va sharri ma jabaltaha ‘alayhi», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, men
Sendan uning yaxshisini va unga xalq qilgan narsangning yaxshisini so‘rayman. Va
uning yomonidan va unga xalq qilgan narsangning yomonidan
Sening noming ila panoh
tilayman».)
Agar tuya sotib olsa, o‘rkachi cho‘qqisidan ushlasin-da, ana shu yuqoridagi duoni o‘qisin.
Abu Dovud, Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyati.
Boshqa bir rivoyatda «So‘ngra xotini va
xizmatkori peshonasidan ushlab, ularga baraka
tilab duo qilsin», deb aytilgan.
Dostları ilə paylaş: