Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
195
235-bob Tug‘ilgan bolaning qulog‘iga azon aytish haqida
715/1. Abu Rofe’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Fotima (r.a.) tuqqan paytlarida
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam (nevaralari) Husayn ibn Alining qulogiga namozdagi azonni
aytdilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Ulamolar: «Bolaning o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytish mahbub
amaldir», deganlar.
716/2. Husayn ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror bola tugilganida o‘ng qulogiga azon va chap qulogiga iqomat (takbir) aytilsa,
jodugar zarar bera olmaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
236-bob Yosh bolaning tanglayini ko‘tarayotganda aytiladigan duo
717/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga
yosh go‘dak olib kelinsa,
unga duo qilib, tanglayiga xurmo qo‘yib qo‘yardilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Boshqa bir rivoyatda «Ularga baraka tilab duo qilardilar», deyilgan.
718/2. Asmo binti Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abdulloh ibn Zubayrga Makkada
homilador bo‘lib, Madinaga kelgach,
Quboga tushib, o‘sha yerda tugdim. So‘ngra
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot tizzalariga qo‘yib,
xurmo olib kelishni buyurdilar. Bas, uni chaynab, ogziga tuflab qo‘ydilar. Bolaning
qorniga birinchi kirgan narsa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
muborak tupuklari
bo‘ldi. So‘ngra u zot xurmoni tanglayi tagiga ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar».
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
719/3. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men o‘g‘il ko‘rganimda,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot unga Ibrohim deb
ism ko‘yib, tanglayiga xurmo ko‘yib, unga baraka tilab duo qildilar». Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Ammo Muslimning rivoyatlarida «... unga baraka tilab duo qildilar», degan lafz yo‘q.
Dostları ilə paylaş: