Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
196
ISMLAR KITOBI
237-bob Tug‘ilganlarga ism qo‘yish haqida
Bolaga yettinchi kunida yoki tug‘ilgan kunida ism qo‘ymoq sunnatdir.
720/1. Amr ibn Shu’aybdan (r.a.), u zot otalaridan, otalari esa bobolaridan qilgan
rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolaga yettinchi kuni ism ko‘yishga va
turli aziyat beruvchi narsalarni olishga hamda jonliq so‘yishga buyurdilar.
Termiziy
kitoblarida rivoyat qilganlar.
721/2. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Har bir bola tug‘ilganida yettinchi kuni jonliq so‘yib aqiqa qilinishiga,
sochi
oldirilishiga va ism qo‘yilishiga garovdir», dedilar. (Ya’ni, bular ota-onaning burchlaridir.)
Abu Dovud , Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati.
Ammo tug‘ilgan kuni ism qo‘yilishiga yuqoridagi Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilingan
719-raqamli hadis dalildir.
722/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men
kechalarning birida o‘g‘il farzand ko‘rdim. Uni otamiz Ibrohim
alayhissalom ismlari ila
nomladim», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
723/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Otam Talha o‘g‘il farzand ko‘rganlarida, men uni
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim. U zot uning tanglayini
ko‘tarib, xurmo ko‘yib ko‘ydilar va Abdulloh deb ismladilar».
Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
724/5. Sahl ibn Sa’d as-Sa’idiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Munzir ibn Abu Usayd
tug‘ilganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib kelindi. U zot bolani
tizzalariga o‘tqazdilar. Otalari Abu Usayd esa o‘ltirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam oldilaridagi nimagadir chalg‘idilar-da, bolani unutib qo‘ydilar. Shunda otalari
Abu Usayd ishora qilgan edi, bola Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tizzalaridan
ko‘tarib olib ketildi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam avvalgi holga qaytib, «Bola
qani?» dedilar. Otasi: «Ey Rasululloh, biz uni (o‘z makoniga) qaytarib yubordik», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning ismi nima?» deganlarida, «Falonchi»,
deyildi. Shunda u zot: «Yo‘q! Uning ismi Munzirdir», dedilar. Shu kundan boshlab uning
ismi Munzir bo‘lib qoldi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: