Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
197
Ba’zilar: «Agar bola ismlanishdan avval vafot etadigan bo‘lsa, uni ismlab ko‘yish mahbub
amaldir», deyishgan.
239-bob Ismni chiroyli qo‘yish mahbub ekanligi haqida
725/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta sizlar qiyomat kuni ismlaringiz va otalaringiz ismi ila chaqirilasizlar. Bas,
shunday ekan, ismlaringizni chiroyli qilinglar», dedilar. Abu Dovud «Sunan» kitoblarida
yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar.
240-bob Alloh azza va jallaga mahbub bo‘lgan ismlar bayoni
726/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh
azza va jallaga ismlaringizning eng mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
727/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rganda, uni Qosim deb
ismladi. «Seni
Abulqosim, ya’ni Qosimning otasi,
deb kunyalamaymiz, sening sha’ning
ulug‘ emas-ku», deganimizda, u kishi Rasulullohga buning xabarini berdi.
Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ug‘lingni Abdurahmon deb ismlagin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
728/3. Abu Vuhayb Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «(Farzandlaringizni) payg‘ambarlar ismlari ila nomlanglar.
Alloh taologa
ismlarning mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir. Eng sodiq ismlar Horis (kasb qiluvchi)
va Hammom (ahamiyat beruvchi), ismlarning eng xunugi Harb (urush) va Murra
(achchiq)lardir», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.
Dostları ilə paylaş: