Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
198
729/1. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam: «Bolalaringizni Yasor (osonlik), Raboh (foyda), Najoh (najot topuvchi), Aflah
(muvaffaqiyat qozonuvchi)
deb ismlamanglar, unday deb ataysiz-u, «U (uyda) bormi?»
deysiz. Agar u bo‘lmasa, «Yo‘q», deyiladi. Mana shular to‘rttadir.
Menga bundan ziyoda
qilmanglar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
730/2. Abu Dovud Jobirdan (r.a.) qilgan rivoyatlarida Baraka deb nomlashdan ham
qaytarganlar.
731/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning huzuridagi eng tahqirlangan ism Malikul amlok (Mulklar podshohi) degan
ismdir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Qiyomat kuni Allohning
huzurida eng gazabga duchor
bo‘luvchi kishi Malikul amlok deb ismlangan kishidir. Allohdan boshqa podshoh yo‘qdir»,
deyilgan.
Sufyon ibn Uyaynadan (r.a.) qilingan rivoyatda «Malikul amlok - «shahanshoh» degan
so‘zning o‘zidir», deb keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: