245-bob Bola va shogird hamda o‘quvchining otasi, ustozi va shayxining ismini aytib chaqirishdan qaytarilgani xususida 736/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘li
bilan ketayotgan bir kishini ko‘rib, uning o‘g‘liga «Bu kim?» dedilar. Haligi bola: «Otam»,
deb javob berdi. Shunda u zot: «Otangdan oldin yurma, unga qarshi ish qilib so‘kishiga
sababchi bo‘lma, undan yuqorida o‘tirma va ismi bilan chaqirma», dedilar. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
737/2. Ubaydulloh ibn Zahrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otasining ismini aytib chaqirish va
yo‘lda ketayotganda old tomonida yurish oq bo‘lishlikdandir, deyildi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
246-bob Ismni undan yaxshirog‘iga o‘zgartirish mahbub ekanligi haqida Bunga Munzir ibn Abu Usayd qissasi haqidagi Sahl ibn Sa’d as-So’idiydan (r.a.) rivoyat
qilingan 724-hadis dalildir.
738/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Zaynabning asl ismlari Barra (yaxshilik)
edi. Uzini maqtab shu ismni qo‘ygan, deyilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uni Zaynab (xushmanzara va xushbo‘y daraxtning nomi ) deb o‘zgartirdilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
739/2. Zaynab binti Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Barra deb ismlandim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni Zaynab deb nomlanglar», dedilar.
Rasulullohning huzurlariga Zaynab binti Jahsh kirganlarida, bularning ham ismlari Barra
edi. Zaynab deb nomladilar». Imom Muslim rivoyatlari.
740/3. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Juvayriyaning (r.a.) ismlari Barra edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni Juvayriya deb o‘zgartirdilar. Chunki Barraning
huzuridan chiqib kelyapti, deb aytilishini karih ko‘rar edilar. Imom Muslim rivoyatlari.
741/4. Said ibn Musayyab ibn Hazn otalaridan qilgan rivoyatlarida keltirilishicha, otalari
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, «Isming nima?» deb
so‘radilar. Shunda u kishi: «Hazn»,(qiyinchilik) dedilar. U zot: «Sening isming Sahl»,
(osonlik) dedilar. U kishi esa: «Otam ko‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi. Ibn
Musayyab: «Bundan keyin ham bizda mahzunlik qolib ketdi», dedilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.