Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
247-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida
745/1. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan 
bir qanchalarining ismlarini qisqartirib aytganlar. Masalan, Abu Hurayrani (r.a.) «Ya Abo 
Hirr», deb chaqirganlar. Oisha onamizni «Ya Oish» va Anjishani (r.a.) «Ya Anjash», deb 
chaqirganlar. 
Ibn Sunniy kitoblarida kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani (r.a.) 
«Ya Usaym» va Miqdomni «Ya Qudaym», deb chaqirganlar. 
 
248-bob Sohibi karih ko‘radigan laqabni aytib chaqirishdan man qilingani 
haqida
Alloh taolo Hujurot surasining 11-oyatida 
«Bir-birlaringizga laqablar 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
201
tashlamanglar»
, ya’ni ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar, 
degan. 
Ulamolar kishi karih ko‘radigan laqab ila atamoq harom ekaniga ittifoq qilishgan. Xoh 
o‘zidagi ko‘z yoshlanishi, kal, ko‘r, oqsoq, g‘ilay, pes, peshonasida yara izi bo‘lgan, sariq, 
bukri, kar, ko‘kko‘z, puchuq burunli, labi yorilgan, tishi siniq, surunkali kasallikdan azob 
chekuvchi, ko‘li kesilgan, nogiron, cho‘loq kabi kamchiliklar bo‘lsin, xoh ota-onasidagi 
kamchiliklar bo‘lsin, laqab qo‘yish harom sanaladi. Ammo laqabini aytmasa, 
tanilmaydigan bo‘lsa, bunda joiz, deyishgan. Bunga mashhur dalillar ko‘p bo‘lgani uchun 
qisqa qilish niyatida zikr qilib o‘tmadim. 
 
249-bob Sohibi yaxshi ko‘radigan laqabni aytib chaqirish joiz ekani haqida
Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ismlari Abdulloh ibn Usmon, laqablari Atiq edi. Mana shunga 
jumhur olimlar, muhaddislar, siyrat va tarix ahllari ittifoq qilishgan. Yana kimlardir Atiq - 
bu ismlari, deyishgan. Avvalgisi sahihdir. Ammo buning nimaga Atiq deb atalgani haqida 
ixtilof qilishgan. 
Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr 
do‘zaxdan Allohning atiqidir, ya’ni ozod qilinganidir», dedilar. Oisha (r.a.): «Mana shu 
kundan boshlab Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi», dedilar. 
Mus’ab ibn Zubayr (r.a.) va boshqa qarindoshlari: « Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi, 
chunki nasablarida aybli biror narsa yo‘q edi», deyishdi. 
Bulardan yana biri Ali ibn Abu Tolibni Abu Turob, deb laqablashlaridir. Kunyalari esa 
Abulhasan edi. 
746/1. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alini (r.a.) 
masjidda uxlayotgan holda ko‘rdilar. U kishining ustilarida biroz tuproq bor edi. Shunda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, ey Abu Turob (tuproq otasi), tur, ey Abu 
Turob», deb aytdilar. Bas, mana shu chiroyli, yaxshi laqabni o‘zlariga xoslab oldilar. 
747/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mana shu Abu Turob Alining eng 
yaxshi ko‘rgan ismlari edi. Bu ism bilan chaqirilishini yaxshi ko‘rardilar», deganlar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
748/3. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xirboq ismli 
kishini qo‘li uzun bo‘lgani uchun Zulyadayn (ikki ko‘l egasi), deb chaqirdilar. Imom 
Buxoriy mana shu lafz ila «Al-Birru vassila» kitobining avvalida rivoyat qilganlar. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin