Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
206
«Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu
ilayka»,
deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar.
(Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik
beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».)
Termiziy
rivoyatlari.
759/2. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni
tugatib, majlisdan turishni xohlasalar,
«Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu
ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey
Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni
avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu
kalimalar majlisda bo‘lgan narsalarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivotlari.
Imom Hakim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oisha (r.a.)
rivoyatidan sahih
musnad ila rivoyat qilganlar.
760/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimki (Qiyomat kunida) to‘liq o‘lchov ila
unga (savobni) o‘lchanishini yaxshi ko‘rsa, majlisning oxirida yoki undan turgan paytda
«Subhana robbika robbil izzati ‘amma yasifuvn va salamun ‘alal
mursaliyn val hamdu
lillahi robbil olamiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Qudrat egasi bo‘lmish
Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni, har qanday aybu nuqsondan) pokdir.
(Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay. Hamdu sano barcha
olamlarning Parvardigori -Alloh uchundir.) «Huliyyatul avliyo» kitobida rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: