263-bob Yo‘lda zikr aytish haqida 765/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Biror qavm bir majlisga o‘tirib, Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga noqislik yetadi.
Kishi yo‘lda keta turib Alloh azza va jallani zikr qilmasa, unga ham noqislik yetadi»,
dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
766/2. Abu Umoma al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam Tabukdaliklarida Jabroil alayhissalom kelib, «Ey Muhammad, Muoviya ibn
Muoviya al-Muzaniyning janozalarida ishtirok eting», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bordilar. Va Jabroil alayhissalom ham yetmish ming farishta bilan tushib, o‘ng
qanotlarini toqqa qo‘yganlarida, u egildi. Chap qanotlarini yerga qo‘yganlarida, u ham
egildi. Hattoki, u zot Makkaga va Madinaga nazar soldilar. U sahobaning janoza
namozlarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Jabroil alayhissalom va farishtalar
o‘qishdi. Qachonki, undan forig‘ bo‘lishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey
Jabroil, Muoviya nimasi sababli bu maqomga yeta oldi?» deganlarida, Jabroil
alayhissalom: «Tik turganda ham, yurib ketayotganda ham, ulov minib ketayotganda
ham, «Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilib yurishi sabab bo‘ldi», dedilar. Ibn Sunniy va
Bayhaqiylar rivoyatlari.
264-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Oli Imron surasining 134-oyatida
«g‘azablarini ichlariga yutadigan» va
Fussilat surasining 36-oyatida
«Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirsa, u holda Alloxdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi Zotdir» , deb aytgan.
767/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chikqanda gazabini
bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
768/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimni pahlavon deb hisoblaysizlar?» deganlarida, biz: «Kishilar bellasha olmaydigan