www.ziyouz.com kutubxonasi
208
odamni pahlavon, deymiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday
emas, gazab paytida o‘z nafsiga ega bo‘lgan (gazabini bosib olgan) kishi haqiqiy
pahlavondir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
769/3. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimki gazabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo
qiyomat kunida xaloyiq boshiga chaqirib, xohlagan hurini tanlash huquqini beradi»,
dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.
770/4. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib,
bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir
kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u
«A’uvzu billahi minash-shaytonir rojiym», (ya’ni, la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh
tilayman) desa, undan mana bu holat ketadi», dedilar. Kishilar o‘sha odamning oldiga
borib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh
tila», deb aytdilar», deyishganida, u kishi: «Nima, menda jinnilik bormi?» dedi». Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari
771/5. Xuddi mana shu ma’nodagi hadis Abu Dovud va Termiziyning kitoblarida
Abdurahmon ibn Abu Laylo Muoz ibn Jabaldan (r.a.) qilgan rivoyatlarida ham bor.
Termiziy buni mursal, deganlar. Ya’ni, Abdurahmon Muoz bilan ko‘rishmaganlar.
772/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga
kirdilar. Usha paytda jahlim chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da,
«Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi),
«Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt»,
dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va
shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari.
773/6. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta g‘azab shaytondandir. Albatta shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa
suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin», dedilar. Abu
Dovud rivoyatlari.