Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
210
«Kimki
bozorga kirganda,
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu yuhyi va
yumiytu va huva hayyun la yamuvtu biyadihil xoyru va huva ‘ala kulli shay'in qodir»,
desa, Alloh taolo
unga bir million hasanot yozib, bir million yomonlikni o‘chirib va bir
million daraja ko‘taradi», dedilar. (Ma’nosi: «Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning
sherigi ham yo‘q. Barcha mulk Allohnikidir va hamd Uning uchundir. U (zot) tiriltiradi va
o‘ldiradi. U tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ko‘lida va U har bir narsaga qodirdir».)
Imom Termiziy va boshqalar rivoyati.
Imom Hokimning ba’zi rivoyatlarida «U uchun jannatda uy quriladi»ni ziyoda qilingan.
Roviy aytdilar: «Xurosonga borib, Qutayba ibn
Muslimning oldilariga kirib, sizga hadya
olib keldim, deb shu hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim ulovlariga minib,
bozorga
borib, ushbu duoni aytdilar-da, so‘ngra u yerdan ko‘zg‘oldilar».
Imom Xrkim Buraydadan (r.a.) qilgan rivoyatlarida: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bozorga kirsalar:
«Bismillohi, Allohumma inniy as'aluka xoyra hazihis suqi va xoyra ma fiyha va au’zu bika
min sharriha va shari ma fiyha. Allohumma inniy au’zu bika an usiyba fiyha yamiynan
fajira av safqatan xosira», deb aytdilar. (Ma’nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sendan
bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so‘rayman.
Va bu bozorning yomonidan
hamda undagi yomonlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Allohim, Sening noming
ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar keltiruvchi bitimdan panoh so‘rayman».)
Dostları ilə paylaş: