Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
212
789/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahzob
(g‘azoti) kuni Alloh ularning uylari-yu qabrlarini o‘tga to‘ldirsin. Ular bizni vusto (o‘rta)
namozini o‘qimog‘imizga xalal berishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
790/2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorilarni o‘ldirgan (qavmni) duoibad qilib,
bir oy unda bardavom bo‘ldilar. Va: «Allohim, Ri’lni, Zakavonni va Usayyani la’natlagin»,
deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
791/3. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Jahl va uning Qurayshdan bo‘lgan
hamrohlari haqidagi uzun hadisda ular so‘yilgan hayvon qornini Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning orqalariga qo‘yishganida, ularni uch martadan duoibad qildilar.
So‘ngra «Allohim, Qurayshga Uzing kifoya qil», deb uch marta aytdilar. So‘ngra
«Allohim, Abu Jahlga Uzing kifoya qil va Utba ibn Rabiy’aga ham...»,
deb yettitasini zikr
qildilar, deb hadisni oxirigacha aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
792/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohim, Muzarga azobingni qattiq qil. Allohim ularga, Yusuf alayhissalomga yuborgan
(qahatchilik) yiliga o‘xshash yil yuborgin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
793/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida chap ko‘li bilan taom tanovul qildi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam unga «Ung qo‘lingda yegin», dedilar. U kishi: «Bunga qodir emasman», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qodir bo‘lmagin», dedilar va «Buni unday
qilishdan faqat
kibrligi man qildi, xolos», dedilar. U kishi og‘ziga qo‘lini ko‘tara olmadi.
Imom Muslim rivoyatlari.
794/6. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli Umarga (r.a.) Sa’d ibn Abu
Vaqqosdan (r.a.) shikoyat qilishganida, bu kishini ishdan bo‘shatib, ularga boshliq
tayinladilar. (Hadisning davomida) Umar (r.a.) bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki
bir necha kishini Ko‘faga yubordilar. Ular biror masjid
qoldirmasdan bu haqda
so‘rashganida, barchalari Sa’dning yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, Abs
qabilasidagi bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma ibn Qatoda ismli shaxs turib,
«Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu Vaqqos sariyya (urush)larga
bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik qilmaydi», dedi. Buni eshitgan
Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni uch narsa ila duoibad qilaman:
Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini ko‘rsatib,
riyo uchun buni qilgan
bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana
shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga yetib, fitnaga duchor bo‘ldim», deb
aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men u
shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda
uchragan qizlarga ko‘z qisar edi».
795/7. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo binti
Avs xusumatlashib, Marvon ibn Hakam huzurlariga kelishdi. U
ayol yeridan bir parchasini
Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan
buning yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?»
deganida, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitgansan?» dedi Marvon.