Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
214
dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday deb aytma. Shunday desang, u
o‘zini ulug‘ sanab, uydek kattalashib, mening quvvatim bilan bo‘ldi, deydi.
Lekin sen
«Bismillah», deb ayt. Ana shunday desang, pashsha kabi kichkina bo‘ladi», dedilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
801/2. Xuddi mana shu lafzdagi hadisni ibn Sunniy rivoyatlarida Abu Mulayh otalari
Usomadan (r.a.) rivoyat qilganlar. Mana shu ikki rivoyat ham sahihdir.
Chunki Abu
Dovud rivoyatlaridagi noma’lum shaxs ham sahobalardandir. Sahobalarning barchalari
adolatli, jaholat zarar bermaydigan shaxslardir.
279-bob Agar voliy vafot etsa, o‘sha shaharning kattasi kishilarni tinchlantirib,
va’z-nasihat bilan sabr va sabotga buyurib xitob qilishi mahbubligi haqida
802/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kunlari Abu Bakr Siddiqning
(r.a.) xutbalari haqidagi mashhur
hadisda rivoyat qilinishicha, u zot: «Kimki Muhammad
sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilayotgan bo‘lsa, albatta Muhammad sollallohu
alayhi vasallam vafot etdilar. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa,
albatta Alloh
tirikdir, U o‘lmaydi», deb aytdilar.
803/2. Jarir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qildilar. Basra va Ko‘fa amiri Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba
vafot etganlarida, Jarir o‘rinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va «Sherigi yo‘q
yakka Allohdan ko‘rqing hamda amir kelguncha xotirjamlik va bosiqlikni lozim tuting.
Albatta sizlarga hozir amir keladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: