Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
216
qaytarib, «Agar biz ehromda bo‘lmaganimizda sendan buni qabul qilar edik», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
283-bob Aziyatni ketkazgan kishiga aytiladigan zikrlar
812/1. Said ibn Musayyibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Ayub al-Ansoriy (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soqollaridan aziyat beruvchi narsani olib
tashlaganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Masahallohu anka ya abo Ayyuba ma takrahu», («Ey Abu Ayub, yomon ko‘rgan
narsangni Alloh sendan ham o‘chirsin»), dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
Sa’ddan qilingan boshqa
bir rivoyatda aytilishicha, Abu Ayub (r.a.) Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan bir narsani olib tashlaganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam
«La yakun bikas suv'u ya abo Ayyub, la yakun bikas suv'u», («Ey Abu Ayub,
senga
yomonlik bo‘lmasin, senga yomonlik bo‘lmasin»), dedilar.
813/2. Abdulloh ibn Bakr al-Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Umar (r.a.) bir kishining
soqolidan (yoki boshidan) bir narsani olib tashlaganlarida, u kishi: «Alloh
sizdan
yomonlikni ketkazsin», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Musulmon bo‘lganimizdan beri
bizdan yomonlik ketkazilgan. Va lekin agar sendan biror narsa olib tashlansa,
«Axazat yadoka xoyron» («Qo‘ling yaxshilikni olsin»), deb aytgin», dedilar. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
Dostları ilə paylaş: